Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə54/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   179
3-176 Moliya bozori

77




  • qimmatli qog'ozlaming birja savdolariga kiritilishiga, shu jumladan, listing tadbiridan o'tish uchun zarur bo'lgan hujjatlami tayyorlashga yordam ko'rsatish;

  • investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ulami ekspertizadan o'tkazish;

  • qimmatli qog'ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qilish (narxning vujudga kelishi, bozor konyunkturasini taxmin qilish, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar qilish imkoniyati va h.k.);

  • bitimlami tuzishda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari- ning manfaatlarini ifoda qilish, kontragentlar o'rtasidagi nizolarni betaraf hakam sifatida bartaraf etish;

  • investitsiyani amalga oshirish uchun emitentni va uning qimmatli qog'ozlarini baholash va sarmoyadoming loyihada ishtirok etishdan bosh tortganligi munosabati bilan investitsiya mablag‘larini qaytarish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish.

Investitsiya fondlari
Investorlarning pul mablag'larini jalb qilish va ulami qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog'ozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek, banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga qo'yish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — ochiq aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o'zgartirilishga haqli emas.
Investitsiya fondini qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
Investitsiya fondlari ikki xilga bo'linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ulami sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya’ni fond qimmatli



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin