Moliya bozori


Professional faoliyat yurituvchilar tarkibi



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə50/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179
3-176 Moliya bozori

Professional faoliyat yurituvchilar tarkibi

T/r

Professional faoliyat yurituvchilar

2011-yil 1-yanvar holatiga ko'ra (soni)

1.

Investitsiya vositachisi •

34

2.

Investitsiya maslahatchisi

15

3.

Depozitariy

30

4.

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqamvehisi

23

5.

Investitsiya fondi

9

6.

Hisob-kitob-kliring palatasi

2

7.

Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi

2

8.

Transfer-agent

3




JAMI

118


Manba: QQBni muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi.


Investitsiya institutlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin. Faqatgina ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan investitsiya fondi bundan mustasno. Investitsiya institutlarini tashkil etish, ularning faoliyat ko'rsatishlari va ulami tugatish tartibi 0‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi.


72





Qimmatli qog'ozlar bozori professional qatnasbchilari o'z mablag'larining
2009-yil 1-yanvardan boshlab belgilanadigan eng kam miqdori*



(ming yevro)

Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari

O'z mablag'larining eng kam miqdori (ekvivalentda)

Investitsiya maslahatchilari

10,0

Transfer-agentlar

20,0

Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari

50,0

Investitsiya vositachilari (brokerlar, dilerlar)

50,0

Depozitariylar

100,0

Hisob-kitob-kliring palatalari

100,0

Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchilari

200,0


* Investitsiya fondlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori aksiyadorlik jamiyatlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq belgilanadi.


Yuqoridagi jadvalda qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat ko'rsatuvchi professional ishtirokchilaming nizom fondiga qo'yilgan minimal talablar ko'rsatilgan.

    1. Investitsiya muassasalarining turlari.

Investitsiya vositachisi

Investitsiya vositachilari (broker-dilerlar) fond bozorining professional ishtirokchilari ichida ko‘p sonli va eng tajribali guruhni tashkil etadi.
Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki ishonchli vakili sifatida qimmatli qog'ozlarga doir bitimlami tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs brokerdir.
Mijozlaming bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qog'ozlari va pul mablag'lari, shuningdek, broker tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha 73




olingan qimmatli qog'ozlar va pul mablag'lari broker tegishlicha Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida va bankda ochadigan (ochiladigan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak.
Broker o‘ziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablag'la- ridan, mijozga uning topshiriqlari ko'rsatib o'tilgan pul mablag'lari hisobidan bajarilishini yoki ular mijozning talabiga binoan, qayta- rilishini kafolatlagan holda o'z manfaatlarini ko'zlab foydalanishga, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo'Isa, haqlidir.
Brokerga pul mablag'laridan o'z manfaatlarini ko'zlab foydala- nish huquqini bergan mijozlarning pul mablag'lari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablag'lari turgan hisobvaraq- dan (hisobvaraqlardan) alohida bo'lgan hisobvaraqda (hisobvaraq­larda) turishi kerak. Broker o'z pul mablag'larini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) o'tkazishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag'larini mijozlarga qaytarish va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno.
Broker har bir mijozning pul mablag'lari hisobini yuritishi, qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar va operatsiyalami faqat mijozning topshirig'iga binoan va u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar to'g'risida unga hisobot berib borishi shart.
Qimmatli qog'ozlami sotib olish va (yoki) sotish narxini oshkora e’lon qilish orqali ushbu qimmatli qog'ozlami o'zi e’lon qilgan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyati bilan o'z nomidan hamda o'z hisobidan qimmatli qog'ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs dilerdir. Diler qimmatli qog'ozlar narxidan tashqari ularga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: sotib olinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qog'ozlar- ning eng kam va eng ko'p miqdorini, shuningdek, e’lon qilingan narxlaming amalda bo'lish muddatini oshkora e’lon qilish huquqiga ega.
Ushbu e’londa qimmatli qog'ozlarga doir oldi-sotdi shartno­masining boshqa muhim shartlari ko'rsatilmagan taqdirda, diler o'z mijozi taklif qilgan muhim shartlar asosida shartnoma tuzishi



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin