haqida mijozdan ishonch qog'ozini oiish ohog'ida ishonch qog'ozida kelishilgan vakolatlar doirasiga qat’iy amal qilish, ishonch qog'ozida mijoz va brokeming o'zaro munosabatlariga taalluqli barcha shartlar belgilanishi lozim. Dilerlaming majburiyati quyidagilardan iborat:
qimmatli qog'ozlar bilan bitimlar tuzilgunga qadar qimmatli qog'ozlami xarid qilish va sotishning qat’iy boshlang'ich narxlarini ochiqcha e’lon qilish;
ularga qimmatli qog'ozlami xarid qilish yoki sotish taklifi ila murojaat qilgan shaxslar bilan qimmatli qog'ozlaming oldindan e’lon qilingan narxlari va miqdoriga muvofiq, bitimlar tuzish hamda bunday bitimlami tuzishdan bo'yin tovlamaslik.
Investitsiya broken — tashkilotning investitsiya vositachisi bo'lgan xodimi; investitsiya vositachisi — yuridik shaxs — qimmatli qog'ozlar bozorida brokerlik (va dilerlik) faoliyatini amalga oshiruvchi investitsiya muassasasi; yakka tartibdagi investitsiya vositachisi — maxsus shahodatlashdan o'tgan, mahalliy hokimiyat idoralarida qimmatli qog'ozlaming birja bozorida yakka tartibdagi brokerlik va dilerlik faoliyatini yuritishga nixsat olgan jismoniy shaxs. Investitsiya maslahatchilari Qimmatli qog'ozlami chiqarish, joylashtirish, ulaming muo- malasi masalalari, qimmatli qog'ozlar bozori va uning ishtirok- chilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo'yicha maslahat xizmatlari ko'rsatuvchi, shuningdek, qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyoriashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir. Maslahat faoliyati qimmatli qog'ozlar bozori va uning ishtirok- chilari ahvolini tahlil qilish, moliyaviy vositalami ekspertizadan o'tkazish, ishlab chiqish va tavsiyalar berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishni, qimmatli qog'ozlami chiqarish, joylashtirish hamda ulaming muomalada bo'lishi, mutaxassislami qayta tayyorlash, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan investitsiya siyosatini amalga oshirish masalalari bo'yicha maslahat xizmatlari