Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə60/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
3-176 Moliya bozori

83




Hujjatsiz qimmatli qog'ozga bo'lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag'iga tegishli kirim yozuvj belgilangan tartibda kiri- tilgan paytdan e’tiboran o'tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qog'ozga bo'lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog'oz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran o'tadi.
Taqdim etuvchiga tegishli hujjatli qimmatli qog'ozga bo'lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog'oz blankasi berilgan paytda, qimmatli qog'oz blankasini saqlash va unga bo'lgan huquqlami hisobga olish depozitariyda amalga oshirilgan holda esa oluvchining depo hisobvarag'i bo'yicha kirim yozuvi amalga oshirilgan paytda o'tadi. Qimmatli qog'oz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog'ozga bo'lgan huquqlar o'tgan paytdan e’tiboran oluvchiga o'tadi.
Bank tizimi singari, O'zbekiston Respublikasining depozitar tizimi ham ikki pog'onalidir. Markaziy depozitariy mamlakatning bosh depozitariysi hisoblanadi.
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi davlat unitar kor- xonasi shaklida tashkil etiladi hamda fadliyatini xizmatlar ko'rsatish- dan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi.
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflaming miqdorlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
U O'zbekiston depozitariylarida qimmatli qog'ozlami saqlash, huquqlami hisobga olish va harakatining yagona tizimini ta’minlaydi (birinchi pog'ona). Qolgan depozitariylar — nodavlat korxonalar bo'lib, ularning muassislari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. Bu depozitariylar Markaziy depozitariyga bo'ysunadi va u bilan vakillik aloqalarini o'matishga majbur (ikkinchi pog'ona).
Depozitariylar o'z deponentlarining hisob raqamlarida, ular­ning markaziy depozitariylardagi vakillik hisob raqamlarida umumiy hisobga olinadigan naqdsiz qimmatli qog'ozlarga nisbatan huquq-



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin