Emission siyosati bo'yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan) yurituvchi tashkilotlar.
Milliyligi bo'yicha: rezidentlar va norezidentlar.
Emission potensiali bo'yicha: katta, o'rta va kichik hajmda moliyaviy instrumentlami chiqaruvchi tashkilotlar.
Imidji va tavakkalchiligi bo'yicha: yuqori, o'rta va kam nufuzli tashkilotlar.
Moliyaviy instrumcntlarining jalbdorliligi bo'yicha: yuqori, o'rtacha va kam jalbdor emitentlar. Masalan, fond bozorida emitentlar o'zlarining qimmatli qog'ozlari jalbdorliligi bo'yicha quyidagicha tasniflanishi va tavsiflanishi mumkin:
«Zangori fishkalar» sarasiga kiruvchi qimmatli qog'ozlar — bozorda barqaror va yuqori kreditlik imkoniyatiga ega yirik kompaniyalar chiqaradi. «Ikkinchi eshelon aksiyalari» sarasiga kiruvchi aksiyalar — yosh, lekin yetarlicha yirik kompaniyalar chiqaradi. «Markaziy» sarasiga kiruvchi qimmatli qog'ozlar — tarmoqda yetakchi o'ringa ega va tarmoqdagi boshqa kompaniyalar aksiyalari bahosiga ta’sir ko'rsatuvchi emitentlar chiqaradi. «Himoyalanuvchi aksiyalar» sarasiga kiruvchi qimmatli qog'ozlar — yuqori dividendlar to'lovchi va salbiy kotirovka miqdoriga yo'l qo'ymaydigan yirik kompaniyalar. «Dastur asosi» («Гвозд программы») sarasiga kiruvchi qimmatli qog'ozlar — qimmatli qog'ozlarining yuqori likvidlilik dara- jasini ta’minlovchi emitentlar. «Rag'batli aksiyalar» sarasiga kiruvchi aksiyalar — kurs narxi (kotirovkasi) bo'yicha yuqori o'rinni egallagan kompaniyalar. «Yoqimdor aksiyalar» sarasiga kiruvchi aksiyalar — daromad- liligi bo'yicha «rag'batli aksiyalar» toifasiga yaqin va kurs tafovutini tez oshib borishini ta’minlovchi yosh kompaniyalar. «Davriy aksiyalar» — aksiyalarning daromadliligini o'zining faolligi bilan bog'liq tarzda sinxron o'zgarishi asosida ta’minlovchi kompaniyalar. «Uxlab yotgan aksiyalar» — bozomi hali egallamagan, lekin o'sishning katta potensialiga ega aksiyalami chiqaruvchi kompaniyalar. «Ishirilgan aksiyalar» — aksiyalari haddan tashqari yuqori baholangan kompaniyalar.