Moliya bozori


Qimmatli qog'ozlaming birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyati



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə67/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   179
3-176 Moliya bozori

Qimmatli qog'ozlaming birjadan tashqari savdosi
tashkilotchisi faoliyati

Investorlarga vositachilami jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qog'ozlar savdosini tashkil etish bo'yicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxs (o‘z qimmatli qog'ozlarini biijadan tashqari savdoni tashkil etish orqali mustaqil ravishda realizatsiya qiluvchi qimmatli qog'ozlar mulkdori yoki qimmatli qog'ozlarga bo‘lgan mulk huquqi egasi bundan mustasno) qimmatli qog'ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisidir.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi Qonun hujjatlarida belgilanadi.
TAYANCH SO'Z VA IBORALAR
Investitsiya muassasasi; professional faoliyat; investitsiya vositachisi; investitsiya maslahatchisi; investitsiya fondi; transfer agent; depozitariy; hisob-kliring tashkiloti; kliring jarayoni; anderrayter; biijadan tashqari savdo tashkilotchisi; investitsion aktivlami ishonchli boshqarish.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Investitsiya fondlarining qanday turlarini bilasiz?

  2. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari kimlar?

  3. Depozitariylar fond bozorida nimalarga haqli emas?

  4. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining qanday mutlaq vazifalarini bilasiz?

  5. Hisob-kitob-kliring palatasi haqida nima bilasiz?

  6. Transfer-agent kim?

  7. Professional faoliyat turlarini izohlang.


92


6-bob. MOLIYA BOZORIDA EMITENTLAR VA


INVESTORLAR FAOLIYATI


    1. Emitentlar, ulaming siyosati va moliya bozoridagi roli

Emitentlar — bu qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy instrumentlarni moliyaviy resurslar (investitsiyalar) jalb qilish maqsadida moliya bozoriga chiqanivchi tashkilotlar. Kcng ma’noda emitent bo'lishi mumkin tashkilotlarga quyidagilar kiradi. davlat- ning boshqaruv va hokimiyat organlari, xalqaro moliyaviy tashki­lotlar, yuridik shaxslar. Bu tashkilotlaming barcha moliyaviy instru- mentlami chiqarishga vakolatli yoki maxsus huquq va majburiyatlaiga ega bo'lishi iozim. .
Moliyaviy resurslami jalb qilishda turlicha vositalar qo'Ilanilishi mumkin: pul, valuta, kredit, qimmatli qog'ozlar, lotercya, polis- lar, qimmatbaho metall va toshlar, noyob elementlarva h.k. Bular ichida qimmatli qog'ozlar chiqarish emitentning investitsion talab- larini qondirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Moliyaviy resurslami moliya bozori imkoniyatlaridan foydalan- gan holda moliyaviy instrumentlar chiqarish orqali jalb qilish emitentlaming eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Uning boshqa vazifasi — o‘z faoliyati jarayonida moliyaviy oqimlami optimallashtirish va samarali boshqarish asosida jalb qilingan moliyaviy resurslar (investitsiyalar) daromadliligi va bahosi (qiy- matijni oshirib borishdir. Bunda moliya bozori emitentning vazifa- larini va emission siyosatini samarali amalga oshirishida, kerakli imidj (obro'-e’tibor)ga ega bo'lishida katta rol o'ynaydi va muhim funksiyani bajaradi.
Emitentlami quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:

  1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha: davlat organi, turli mulk- chilik asosidagi yuridik shaxs.

  2. Faoliyat yo'nalishi bo'yicha: davlat, xalqaro va nodavlat mo­liyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.

  3. Moliyaviy instrumentlari bo'yicha: davlat, munitsipal, xalqaro va nodavlat (korporativ) instrumentlar chiqanivchi tashkilotlar.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin