bitimga doir axborotni yig'ish, taqqoslash, to‘g‘rilash (tuza- tish) bo'yicha operatsiyalaming amalga oshiriiishini nazarda tutuvchi o'zaro majburiyatlami belgilash, aniqlash, hisobga olish;
bitim yakunlari bo'yicha pul mablag'larini o'tkazish va qim- matli qog‘ozlami yetkazib berish uchun asos bo'luvchi hujjatlami tuzish hamda ulami ijro uchun jo'natish;
pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar bo'yicha majburiyat- laming bir yilning o‘zida bajarilishini, ya’ni «to'lovga qarshi yetkazib berish» tamoyiliga rioya etilishini nazorat qilish, shu jumladan, tuzilgan va ijro uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlarining hara- katini nazorat qilish;
tuzilgan bitim bo'yicha majburiyatlaming bajarilishini nazorat qilish;
savdolar ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog'ozlar oldi- sotdisini amalga oshirish uchun kiritiladigan pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlami deponentlashga qabul qilish;
savdolar tashkilotchilari (fond biijalari, fond boyliklari bilan birjadan tashqari savdo-sotiqni tashkil etuvchi muassasalarjga savdo ishtirokchilarining deponentlangan qimmatli qog'ozlari va pul mablag'lari haqidagi axborotni taqdim etish;
hisob-kitob-kliring tashkilotlarining a’zolari uchun zaxira fon- didan mablag'lami shartnoma asosida berish yo'li bilan bitimlaming kafolatli ijro etilishini ta’minlash.
Transfer-agent Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlami hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlami qabul qilish, ularga ishlov berish va ulami topshirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs transferagentdir. Emitent, shuningdek, qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent emitentga aksiyadorlaming umumiy yig'ilishini tashkil etish va o'tkazish yuzasidan xizmatlar ko'isatishga haqlidir.