hajmi va investitsiyalar likvidliligi ko'paytmasi) - PI (inves- titsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan investitsiyalar hajmi ko'paytmasi).
Dunyoning turli mamlakatlari moliya bozorlarida investorlaming salmog'i va faolliligi har xil darajaga ega bo'lib, bu ko'rsatkichlar asosan investitsion muhitga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarga bog'liq. Davlat organlarining investitsion faoliyati ulaming mamlakatda iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida monetar va fiskal siyosatlari asosida amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirish (muvofiq- lashtirish va nazorat qilish)ni amalga oshiradi. Investorlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarga investitsiyalar qiluvchi va ulami real bazisiga bo'lgan ekvivalentlik darajasini obyektiv belgilovchi shaxs va institutlar rolini bajaradi. O'z navbatida, bir vaqtning o'zida investitsiyalar ulami amalga oshiruvchi inves- toming biznes sifatini aks ettiruvchi bozor kapitali rolini bajaradi. Investor moliyaviy investitsion resurslar manbai bo'lib, moliya bozorining o'ta ta’sirchan retseptori (moliyaviy instrumentlarni qabul qiluvchi va ulami jamg'arma kapitaliga aylantiruvchi) va investitsiyalarni riskli daromad (zarar) darajasini obyektiv belgilovchi iqtisodiyotning tijorat subyekti hisoblanadi. Shuning uchun dunyoning barcha mamlakatlarida investorlaming haq-huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi, himoyalanadi va bu borada yetarlicha shart-sharoitlar yaratiladi. Investitsiyalar obyektini, shakli va miqdorini tanlash mas’uliyati (tavakkalchiligi) investoming o'z zimmasida bo'ladi, shunga muvofiq moliyaviy instrumentlarga, shu jumladan, aksiyalarga qilingan o'z investitsiyalarini himoyalash uchun pirovard mas’uliyat (tavakkal) ham investoming (aksiyadoming) zimmasida bo'ladi. Jahon moliya bozorining eng faol investorlaridan portfelli investorlar hisoblanib, ulaming asosiy faoliyati investitsiyalar portfelini samarali shakllantirish va boshqarishdir. Investitsiyalar portfeli — ma’lum bir maqsadli investitsion siyosat talabiga javob berish asosida shakllantirilgan moliyaviy instru- mentlar to'plami. Umuman olganda, investitsiyalar portfeli nafaqat moliyaviy instrumentlardan, balki aktivlaming boshqa turlaridan ham iborat bo'lishi mumkin, masalan, ko'chmas mulklardan,