dorlik jamiyatlariga aylantirish yo'li bilan olib borildi (keng ko'lamli xususiylashtirish). Aksiyalashtirish bilan bir qatorda kichik biznes keng rivoj topdi. Aynan ushbu davrda davlat korxonalari negizida paydo bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining ommaviy muomalaga chiqarilishi sababli fond bozori (aksiyalar bozori)ning tegishli segmentiga asos solindi. Uchinchi bosqich (1998-yildan boshlandi). U Vazirlar Mahka- masi tomonidan respublikaning xalq xo'jaligi uchun muhim stra- tegik ahamiyatga ega bo'lgan va xususiylashtirilishi mumkin bo'lmagan davlat rnulki obyektlari ro'yxatining tuzilishi bilan tavsif- lanadi. Hozirgi paytda mazkur ro'yxatga kirmagan deyarli barcha obyektlar va korxonalarda xususiylashtirish jarayoni kechmoqda. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichidagi davlat tasarnifidan chiqarish va xususiylashtirish respublikadagi yirik strategik davlat korxonalarining mulkchilik shaklini o'zgartirishga xalqaro texnik va moliyaviy maslahatchilami jalb etgan holda alohida yondashuv bilan ajralib turadi. Sharqiy Yevropa va sobiq Ittifoqning ko'pgina mamlakatlarida, ya’ni Chexiya, Slovakiya, Polsha, Rossiya, Qozog'iston va boshqa davlatlarda ommaviy xususiylashtirish davlat korxonalari aksiyalarining aholi o'rtasida vaucher tarqatish yo'li bilan yo bepul, yo bo'lmasa, eng kam to'lovlar evaziga taqsimlanishini nazarda tutdi. Vaucherlar — bu sertifikatlaryoki oldindan beriladigan guvohno- malar bo'lib, ular aholi o'rtasida taqsimlanadi va o‘z egalariga ular uchun kimoshdi savdosida sotuvga qo'yiladigan davlat korxonalarining aksiyalarini olish yoxud ularni vaucherlardan foydalanish bo'yicha vositachilik vazifalarini bajarishga tayinlagan investitsiya fondlariga qo'yish huquqini beradi. O'zbekistonda xususiylashtirishning vaucherlashtirish yo'li bo'yicha olib borilishi uchun bir qator qat’iy ichki va tashqi takliflar bo'lishiga qaramasdan, ushbu usuldan voz kechildi. Voz kechishning sababi quyidagilardan iborat: • birinchidan,mol-mulkning qiymatini baholab, uning miqdo- rida cheklar, vaucherlar va boshqa shunga o'xshash qimmatli qog'ozlar chiqarish hamda bu qog'ozlami butun aholi o'rtasida teng taq- simlash — ijtimoiy adolat tamoyiliga rioya qilish emas, balki sotsialistik sun’iy ravishda tenglashtirishning buzilgan bir shakli, xolos1.