Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə75/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179
3-176 Moliya bozori

100




kreditlardan, polislardan, zakazlardan va h.k. Portfellar jamg'arma va kapitalni jamlash vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Investitsiyalar portfelining asosiy maqsadi — investorlar mablag'ini investitsion obyektlarga (jumladan, moliyaviy instrumentlarga) yo'naltirish asosida rejalashtirilgan daromadni past (yuqori) risklarda olish.
Portfelli investorlar - investitsiyalar portfelini shakllantirib boshqaruvchi investorlar. Yuqorida keltirilgan tasnifda ko'rsatilga- nidek, portfelli investorlar strategik-portfelli va spekulativ-portfelli bo'lishi mumkin.
Strategik-portfelli investorlar o‘z mablag'larini uzoq strategik istiqbolga qarab, ko'proq bazaviy qimmatli qog'ozlaming yirik paketlariga yo'naltirsalar, spekulativ-strategik investorlar strategiyasi esa bozorda vujudga keluvchi arbitraj imkoniyatlari asosida shakllan- tiriladi (ya’ni, bozor konyunkturasi bo'yicha kurslar tafovutida spekulativ operatsiyalar bajarish evaziga). Strategik-portfelli investorlar asosan ma’lum bir tarmoqdagi kompaniyalar aksiya- larining nazorat paketiga ega bo'lib, bu tarmoq doirasida o'zlarining stategik investitsion manfaatlari asosida strategiyalarini yuritadilar. Bundaylarga, masalan, aralash xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari, TN К va h.k kiradi.
Har ikki turdagi portfelli investor ham investitsion mablag'lar, kapital akkumulatori bo'lib, iqtisodiyotning real sektorini investi­tsiyalar uchun samarali raqobat asosida rivojlantirish masalasi yechimini ta’minlaydi. Bunda har ikkalasining strategiyalari bozor indikatorlariga bog'liq holda amalga oshiriladi.
Spekulativ-portfelli investorlaiga investitsiya, pensiya, sug'urta fondlari, moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklar kiradi. Ulaming maqsad va manfaatlari moliya bozorini rivojlantirish bo'yicha jamiyat manfaatlari bilan obyektiv mos keladi, bozor xavf-xatari va bunda jamiyat istaklarini adekvat aks etadi. Bunda ular, asosan portfellari bo'yicha yuqori daromadlilik va likvidlilikni ta’minlaydilar, mos ravishda quyidagilar bilan namoyon bo'luvchi rolni bajaradi:

  • emitentlar holatining obyektiv «barometri», demak, iqtiso­diyotning real sektorini ham;

  • moliya bozori orqali real sektor investitsion loyihalarini moliyalashtirishning arzon va samarali manbai;

  • moliya bozori orqali iqtisodiyotning tarmoqlari bo'ylab investi­tsion resurslami samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayoni regulatori. •


101




Umuman olganda, portfelli investorlar o‘z kapitalini moliya bozorlari (fond bozorlari) orqali yo'naltirib, milliy iqtisodiyotni obyektiv baholaydi va raqobatli kredjtlaydi. Shu bilan ula mablag'larmi bir loyihaga to'g'ridan to‘g‘ri investitsiya qiluvchi investorlardan (qisqacha — to‘g*ri investorlar) farqlanadi. To'g'ri investor uchun investitsion loyiha tarixi va kredit oluvchi kompaniya bilan sheriklik hissiyoti katta ahamiyatga ega bo‘lib, portfelli investor (strategik-portfelli investorlardan tashqari, chunki ular tarmoq kompaniyalariga bozor konyunkturasiga qarab, ko'pincha o'zlarining rivojlanish tartiblarini majburlaydilar) uchun esa bu masalalar unchalik ahamiyat kasb etmaydi.

Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin