Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə72/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   179
3-176 Moliya bozori

97




Investitsiya qilishda turiicha vositalar qo'llanilishi mumkin: pul, valuta, kredit, qimmatli qog'ozlar, mulk,(moddiy va nomoddiy), turli tovar-xomashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish investoming talablarini qondirishning eng sama- rali va keng tarqalgan yo'llardan bin hisoblanadi.
Investitsion resurslarni moliya bozori imkoniyatlaridan foydalangan holda foyda olish uchun yo'naltirish investorlaming eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Lining boshqa vazifasi — o'zining investitsion faoliyati jarayonida investitsiyalar daro- madliligini oshirib borish va xavf-xatar darajasini pasaytirishdir. Bunda moliya bozori investoming vazifalarini va investitsion siyo- satini samarali amalga oshirishida, yetarli darajada rivojlangan bo'lishida katta rol o‘ynaydi va muhim funksiyani bajaradi.
Investorlami quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:

  1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar (fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik huquqiga ega emaslar).

  2. Faoliyat yo'nalishi bo'yicha: individual va institutsional bo'lgan davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy shaxslar.

  3. Investitsion vositalari bo'yicha?-pul, valuta, kredit, mulk, tovar-xomashyo, qimmatli qog'ozlar va h.k. resurslariga ega bo'lgan investorlar.

  4. Investitsion siyosati bo'yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.

  5. Milliyligi bo'yicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).

  6. Investitsion potensiali bo'yicha: katta (institutsional, strategik), o'rta va kichik (minoritar) hajmda investitsiyalami yo'naltimvchilar.

  7. Xavf-xatar bo'yicha: yuqori, o'rta va kam xavf-xatarii investorlar.

  8. Strategiyasi bo'yicha: agressiv, konservativ va ulaming gibridiga asoslangan investorlar.

  9. Investitsiyalar turlari bo'yicha: portfel, to'g'ri investitsiyalar qiluvchi investorlar. Portfelli investorlar spekulativ-portfel va stra- tegik-portfel turida bo'lishi mumkin.

  10. Investitsiya muddati bo'yicha: qisqa, o'rta va uzoq muddatli investitsiyalar.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin