Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə80/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   179
3-176 Moliya bozori

107




Qimmatli qog'ozlar bozorini yanada rivojlantirish va kengay- tirish, sarmoyadorlaming faolligini oshirish maqsadida respublika hukumati tomonidan shu narsa belgilab qo'yilganki, 1997-yilning aprelidan boshlab, davlat o‘z ulushini saqlab qolgan ochiq aksiya- dorlik jamiyatlarida ustav sarmoyasini shakllantirishda aksiyalar paketlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • davlat ulushi - 25 foizdan oshmasligi kerak;

  • mehnat jamoasining ulushi — 26 foizdan oshmasligi zarur;

  • xorijiy sarmoyadorga sotiladigan ulush — kamida 25 foiz bo'lishi lozim;

  • qolgan qismi — erkin savdoga qo'yiladi.

Bunda hukumat xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalar paketlarini tender shartlari asosida qayta taqsimlash to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Yuqorida ta’riflangan tartib emissiya risolasi ro'yxatga olingan sanadan boshlab, bir yil davomida amal qiladi, shundan so'ng barcha sotilmay qolgan aksiyalar Davlat mulki qo'mitasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga erkin sotuvga qo'yilishi lozim.
Hozirgi kunda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish- dan kelib tushadigan mablag‘laming bir qismi xususiylashtirila- yotgan korxonalaming ixtiyorida qolishi mumkin. Bunda xususiy- lashtirilayotgan korxonalar ushbu mablag'lardan faqat texnik jihatdan qayta jihozlanish, ishlab chiqarishni yangilash va aylanma mablag'larini to'ldirish maqsadlarida foydalanishi mumkin. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar ularning ixtiyorida qoldiriladigan korxonalar o'zlariga xizmat ko'rsatadigan bankda maxsus depozit hisob raqamlarini ochadi va mazkur hisob raqamlaming rekvizitlarini Davlat mulki qo‘mitasiga taqdim etadi. Davlat mulki qo'mitasi va uning hududiy boshqar- malari maxsus depozit hisob raqamlariga mulkni davlat tasarru­fidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelib tushgan summaning 25 foizi miqdoridagi mablag'lar 1999-yil 20-maydan keyin xususiy- lashtirilayotgan korxonalaming maxsus depozit hisob raqamlariga o'tkazildi.
Ushbu mablag'larga quyidagilar kiradi:

  • Davlat mulki qo'mitasi va xususiylashtirilayotgan korxona o'rtasidagi asosiy qarz summasi majburiyatlami taqqoslash hujjatiga muvofiq, emissiya risolasiga binoan, mehnat jamoasining ulushi bo'yicha aksiyalami sotishdan tushgan mablag'lar;


108




  • emissiya risolasiga muvofiq, erkin sotuv ulushi vaxorijiy sarmoyador ulushi bo'yicha aksiyalami sotishdan tushgan mablag'lar;

  • emissiya risolasiga muvofiq, belgilangan tartibda davlat ulushi aksiyalarini sotishdan tushgan mablag'lar.

Xususiylashtirilayotgan korxona unga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelib tushishi lozim bo'lgan mablag'lami olishdan rasmiy tarzda voz kechishi mumkin. Bunday holatda ushbu mablag'lar O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo'naltiriladi. Davlatning ishonchli vakillari hamda davlat mulkini boshqarishga ishonch bildirilgan shaxslar o'zlarining hiso- botlarida bunday korxonalaming ixtiyorida qoldirilgan xususiylash­tirishdan kelib tushgan mablag'lardan maqsadli foydalanganlik haqidagi axborotni har chorakda taqdim etadi.
Bundan tashqari, ko'rsatilgan mablag'lardan maqsadli foyda- lanish monitoringi va uni nazorat qilish Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalar tomonidan ularning ixtiyorida qol­dirilgan mablag'lardan maqsadsiz foydalanganlik hollari aniqlan- ganda, Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari tegishli summa- ni undirishi hamda ulami respublika budjetining daromad qismiga yo'naltirishi mumkin.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatib turibdiki, milliy iqtisodiyot hamda uning muhiti normal erkin tovar-pul munosabatlari va mulkchilik munosabatlari sharoitidagina samarali rivojlanishi mumkin. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan va o'tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar uchun juda muhimdir, zero, ularda davlat mulkining yangi bozor munosabatlariga xos mulkchilik shakllariga o'tishida ko'pincha xususiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning rivojlangan mamlakatlardagi o'rni va vazifa- larini kamsitib bo'lmaydi. Buning uchun xususiylashtirishning uzluksiz va doimo rivojlanishdagi jarayon ekanligi haqidagi xulosa asos vazifasini o'taydi.
Shuning uchun xususiylashtirishning umuman iqtisodiyotdagi o'rnini hamda mulkdorlar sinfi va bozor rivojining ahamiyatini belgilash zarurligi juda muhimdir.

    1. Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqa tashkiliy
      shakllaridagi korxonalardan farqi


Aksiyadorlik jamiyatlari ma’lum ma’noda mas’uliyati cheklangan jamiyat bo'lib, u bilan ko'pgina umumiylikka ega bo'lishiga qaramay (Fuqarolik kodeksiga ko*ra, ularning ikkalasi ham xo'jalik jamiyat-



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin