Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə82/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   179
3-176 Moliya bozori

110




berishmaydi va o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati chegarasida jamiyat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan zararlami ko'rish xatariga ega.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish boshqa tashkiliy shakldagi korxonalami boshqarishdan o'zining murakkabligi va ko‘p bo'g'in- liligi (aksiyadorlar yig'ilishi, kuzatuv kengashi, boshqaruv) bilan farq qiladi, bu unga o'zini o‘zi nazorat qilish uchun katta imko- niyatlar yaratadi. Boshqa tashkiliy shakldagi korxonalardan farqli o'laroq, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvning ancha samarali tizimiga ega, chunk! faqat aksiyadorlik jamiyatigina nazoratning bir necha darajasiga ega. Birinchi daraja
bu jamiyatning ijroiya organi faoliyatini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashidir. Ikkinchi daraja — bu jamiyatning ijroiya organi va kuzatuv kengashi faoliyatini nazorat qiluvchi aksiyadorlar yig'ilishi. Bundan tashqari, jamiyat aksiya- dorlari safidan tuzilgan taftish komissiyasi faoliyat ko'rsatadi. Boshqa tashkiliy shakldagi korxonalardan farqli ravishda, aksiyadorlik kompaniyasi majburiy tarzda (qonun bo'yicha) mustaqil auditomi yollashi shart, u aksiyadorlik jamiyatining hisobot davridagi ishini baholaydi.
Jamiyatning boshqaruvi yirik bitimlar, shuningdek, affilatsiya- langan shaxslar manfaatdor bo'lgan bitimlami kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishi bilan majburiy ravishda kelishishi lozim. Shunday qilib, boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarga qaraganda, aksiyadorlik jamiyatlari turli xil (ishlab chiqarish, moliyaviy, tashkiliy va h.k.) xatarlardan ko'proq himoya- langan. Aksiyadorlik shaklining ustunligi shundan iboratki, u global miqyosdagi masalalarda korxonaning faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasida bir tomonlama qarorlaming qabul qilinishi ehtimolini eng kam (minimal) holatga keltiradi. Barcha eng muhim masalalar aksiyadorlar umumiy yig'ilishida qabul qilinadi. Har bir aksiyador u yoki bu qaror uchun o'z ovozini berish va aksariyat hollarda u yoxud bu masala bo'yicha o'zining fikrini bildirish imko- niyatiga ega. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash to‘g‘risida»gi Qonunda keng doiradagi huquqlar hamda aksiyadorlar manfaatlarini himoyalovchi muassasalar nazarda tutilgan.
Boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarga qaraganda, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalami chiqarish yo'li bilan katta pul va boshqa mablag'lami-safarbar qilish, shuningdek, korxona sarmoyasini shakllantirishga har xil sarmoyadorlami (eng katta


111




sarmoyadorlardan tortib, to mayda sarmoyadorlargacha) jalb etish imkoniyatiga ega. Aksiyalaming qo'shimcha emissiyasini amalga oshirish yo'li bilan sarmoyani doimiy ravishda ko'paytirib borish imkoniyati ham aksiyadorlik jamiyatlarming o'ziga xos muhim xususiyatlaridan sanaladi. Ular bankka murojaat etmasdan turib, obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav sarmoyasining 20 foizi miqdorida kredit olishi mumkin. Aksiyadorlik kompaniyalarining muassislari va aksiyalar yirik paketlarining egalari ulaming korxonasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishidan manfaatdordir. Shu sababli, ular o'z korxonasini turli yo‘llar bilan qo'llab-quwatlashadi.
Aksiyadorlik shaklining eng muhim ijobiy farqi shuki, mehnat jamoasining har bir a’zosi — korxona aksiyadori — ish haqi bilan bir qatorda dividend ko'rinishida qo'shimcha daromad olishi mumkin. Ushbu holat aksiyadomi o'zining mehnati natijasidan yanada manfaatdor bo'lishiga olib keladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarming ustav fondi
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi bir xil nominal qiymat- dagi aksiyalaming ma’lum miqdoriga bo'lingan bo'lishi lozim. Ustav fondi uning kreditorlari manfaatlarini kafolatlovchi mol-mulkning eng kam miqdorini belgilab beradi. Hozirda ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori 400 ming AQSH dollar! yoki 500 mln so'mdan kam bo'lmasligi zarur. Aksiyadorlik kompaniyasining faoliyati jarayonida uning ustav fondi ko'paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini ko'paytirish yoxud kamaytirish haqidagi qaror aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan yoki, agar bu ustavda ko'rsatilgan bo'lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha aksiyalami chiqarish va joylashtirish hisobidan ko'paytiriladi. Qo'shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan faqat uning ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori chegarasida joylashtirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish hisobidan, shu jumladan, aksiyalaming bir qismini jamiyatning o'zi tomonidan keyinchalik so'ndirilishi bilan xarid qilinishi hisobidan kamaytirilishi mumkin.
Biroq, agar ustav fondining kamaytirilishi uning hajmini qonunchilikda belgilangan eng kam miqdor bilan nomutanosiblikka olib kelsa, jamiyat ustav fondini kamaytirish huquqiga ega emas.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin