banklarda hisob-kitob va boshqa hisdb raqamlami ochishgunga qadar bo'ysunadigan barcha xodimlar uchun majburiy bo'lgan buyruqlar va ko'rsatmalami chiqarish;
Ijraiya organining majlisi zarur hollarda, lekin kamida bir oyda bir marta o'tkaziladi. Ijroiya organ o‘zining ichki majlisida kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritiladigan masalalami oldindan ko'rib chiqadi. Aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini boshqarish yirik bitimlami, shuningdek, manfaatli bitimlami tuzishning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan maxsus nazorat qilinishi bilan bog‘liq. Yirik bitimlar quyidagilar hisoblanadi:
qiymati aktivlar balans qiymatining 25 foizidan ortig'ini tashkil qiluvchi mol-mulkni xarid qilish yoki begonalashtirish bilan bog'liq bo'lgan bitim yoxud bir necha o‘zaro bog‘langan bitimlar (odatiy xo'jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tuziladigan bitimlar bundan mustasno);
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy aksiyalaming 25 foizidan ortig'ini tashkil qiluvchi oddiy aksiyalar yoki oddiy aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalami joylashtirish bilan bog‘liq bo'lgan bitim yoxud bir nechta o'zaro bog'langan bitimlar.
Yirik bitimning mavzusi bo'lgan mol-mulkning qiymati aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining 25 dan 50 foizigacha bo'lgan qismini tashkil qiluvchi mol-mulk uning mavzusi bo'lgan yirik bitimni tuzish haqidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozda qabul qilinadi. Agarda kengash a’zolari o'rtasida hamfikrlik bo'lmasa, mazkur masala aksiyadorlarning umumiy yig' ilishiga olib chiqilishi mumkin. Qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining 50 foizidan ortig'ini tashkil qiluvchi mol-mulk uning mavzusi bo'lgan yirik bitimni tuzish haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig' ilishi tomonidan yig'ilishda ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlarning ko'pchilik, to'rtdan uch qismining ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat tomonidan bitimning tuzilishidan manfaatdor bo'lgan shaxs deb, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning boshqa boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan shaxs, o'ziga tobe affilatsiyalangan shaxs bilan birga jamiyatni ovoz beruvchi