yig'ilishi faqat unda hammasi bo'lib tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalaming 60 foizidari ortig'iga egalik qiluvchi aksiyadorlar, shu jumladan, 25 va undan ortiq foizli aksiyalar paketiga ega bo'lgan aksiyadorlar ishtirok etsa, kvorumga ega bo'ladi. Umumiy yig‘ilishda ovoz berish, odatda, «bitta ovoz beruvchi aksiya—bir ovoz» tamoyili bo'yicha o‘tkaziladi. Agar jamiyat aksiyadorlarining soni yuztadan ko‘p bo'lsa, ovoz berish faqat byulletenlar bilan amalga oshiriladi. Bunday holatda maxsus hisoblash komissiyasi tuziladi, uning miqdori va xodimlari tarkibi kuzatuv kengashining taklifiga ko'ra, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiq- lanadi. Kuzatuv kengashi Aksiyadorlik jamiyatining (aksiyadorlar umumiy yig*ilishining maxsus vakolatiga kiruvchi masalalardan tashqari) faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatni ovoz beruvchi aksiyalarining egalari bo'lgan aksiyadorlar soni 30 nafardan kam bo'lsa, kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat aksiyadorlari umumiy yig'ilishining zimmasiga yuklatiladi. Kuzatuv kengashining a’zolari aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi, bunda ular ijroiya organning a’zolari bo'la olishmaydi. Ovoz beruvchi aksiyalar egalarining soni 500 dan ortiq bo'lgan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun kuzatuv kengashi a’zolarining soni yetti kishidan kam bo'lmasligi, aksiyadorlarining soni ming kishidan ko'p bo'lgan jamiyatlar uchun esa, to'qqiz kishidan kam bo'lmasligi kerak. Kuzatuv kengashining raisi kengash tarkibidan uning a’zolarining ko'pchilik ovozi bilan saylanadi. Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan miqdorda qayta saylanishi mumkin. Ustav fondida davlatning ulushi 25 foizdan ortiq bo igan aksiyadorlik jamiyatidagi davlatning vakili, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlatga tegishli paketini boshqa- rishga ishonch bildirilgan shaxs (uning vakili) o'z lavozimiga ko'ra, kuzatuv kengashining a’zolari hisoblanadi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan saylanishi shart emas. Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining vakolatlari:
jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
aksiyadorlaming yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilish- larini chaqirish;