kuzatuv kengashining maxsus vakolatini tashkil etuvchi masalalar bundan mustasno.
Aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi rahbarining asosiy majbu- riyatlari:
o‘z vakolati doirasida jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, uning samara!i va barqaror ishlashini ta’minlash;
umumiy yig’ilish va kuzatuv kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etish;
ishlab chiqarish birliklarining samarali o’zaro hamkorligini ta’minlash;
jamiyatning shartnomaviy majburiyatlarini ta’minlash;
ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo'lgan miqdorda foyda olinishini ta’minlash;
jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish, ulaming bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
jamiyat faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;
jamiyatda buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishini, uning zarur holatini va ishonchliligini, har yillik hisobotning va boshqa moliyaviy hisobotlaming, shuningdek, aksiyadorlarga, kreditorlarga yo’naltiriladigan jamiyat faoliyati to'g'risidagi ma’lu- motlarning o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
jamiyatning kollegial ijroiya oigani majlisining o'tkazilishini tashkillashtirish, jamiyat nomidan hujjatlarga imzo qo’yish;
ijtimoiy kafolatlarga rioya etilishini va jamiyat xodimlari mehnatining muhofaza qilinishini ta’minlash;
aksiyadorlarning ular tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan axborotning olinishi, aksiyadorlar umumiy yig'ili- shida ishtirok etishi, dividendlaming hisoblab yozilishi va to'lanishiga doir barcha huquqlarini saqlash.
Ijroiya organining rahbari jamiyat faoliyatining barcha masala- larini mustaqil ravishda hal qiladi, umumiy yig’ilish va kuzatuv kengashining maxsus vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno. U quyidagi huquqlarga ega:
aksiyadorlik jamiyati nomidan ishonch qog’ozisiz harakat qilish, boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalash, shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, mehnat shartno- malarini tuzish; *