Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə91/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179
3-176 Moliya bozori

120




aksiyalarining 20 va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar tan olinadi, agar qayd etilgan shaxslar, ulaming umr yo'ldoshlari, ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek, affilatsiyalangan shaxslari:

  • bitimning tomoni bo'lib yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida ishtirok etsa;

  • bitimning tomoni bo'lib yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxs aksiyalari (ulushi)ning 20 yoki undan ortiq foiziga ega bo'lsa;

  • bitimning tomoni bo'lib yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxsning boshqaruv idoralarida lavo- zimni egallab turgan bo'lsa.

Aksiyadorlik jamiyatining manfaatli bitimni tuzishi haqidagi qarori kuzatuv kengashi tomonidan uning bitimi tuzilishidan man- faatdor bo'lmagan a’zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar bitim bo'yicha to'lov summasi va bitimning predmeti bo'lgan mol-mulkning qiymati jamiyat aktivlarining 5 foizidan ortiq bo'lsa, agar bitim yoki bir necha o'zaro bog'langan bitimlar ilgari joylash- tirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdordagi ovoz beruvchi aksiyalar yoki ovoz benivchi aksiyalarga ayirboshla- nadigan boshqa qimmatli qog'ozlarini joylashtirish bilan bog'liq bo'lib, bunda ham manfaatlar mavjud bo'lsa, u holda ushbu bitimlar bo'yicha qaror ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan bitimdan manfaatdor bo'lmagan aksiyadorlaming ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuni nazarda tutish lozimki, jamiyatning kuzatuv kengashi yoki umumiy yig'ilishi manfaatli bitimni haqiqiy emas, deb tan olishi mumkin. Bunday vaziyatda manfaatdor shaxs o'zi tomonidan jamiyatga keltirilgan zararni qoplashi shart.
Kuzatuv kengashi a’zolari, yakka ijroiya organi va kollegial ijroiya organining a’zolari, shuningdek, boshqaruvchi tashkilot aksiyadorlik jamiyati oldida o'z vazifasini bajarmaganlik yoki nomunosib bajar- ganlik natijasida unga keltirilgan ziyonlar uchun, aksiyadorlik jamiya- tiga keltirilgan zararlami to'liq hajmda qoplanishi bo'yicha javob- garlikka ega. Kuzatuv kengashi va ijroiya organining jamiyatga zararlar keltirgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki unga qarshi ovoz bergan a’zolari javobgarlikdan xalos etiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, O'zbekistonda aksiyadorlik jamiyatla- rining aksariyat qismi davlat korxonalarining negizida tashkil etilgan. Mazkur korxonalarda aksiyalarning ma’lum qismi (odatda, 25 foizi) davlatga tegishli. *



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin