Vazifalar kuzatuv kengashining raisi tomonidan kengash a’zolarining o’rtasida uning har bir a’zosi uchun aniq qilib taqsim- lanadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan kengash- ning har bir a’zosi uchun alohida mukofot miqdori ham belgila- nishi mumkin. Quyidagi hollarda kuzatuv kengashining a’zolari shaxsiy moliya- viy manfaatdorlikka ega hisoblanadi, agar kuzatuv kengashi a’zolarining umr yo'ldoshlari, ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek, barcha aflilatsiyalangan shaxslari:
bitimning tomoni bo'lib yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxs aksiyalari (ulushi)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga ega bo‘lsa;
bitimning tomoni bo'lib yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxsning boshqaruv idoralarida lavozimga ega bo’lsa.
Boshqarishning ijroiya organi Aksiyadorlik jamiyatining joriy faoliyatiga rahbarlik qilish ijroiya organ tomonidan amalga oshiriladi, ushbu organ yakka (direktor) yoki kollegial (boshqaruv, direksiya) bo’lishi mumkin. Agar bosh- qarish bir yilning o‘zida ham yakka, ham kollegial organ tomonidan amalga oshirilsa, jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari nazarda tutilishi lozim. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi- ning qarori bilan ijroiya organi vakolatlari shartnoma bo’yicha tijorat tashkiloti (boshqaruvchi kompaniyajga yoki yakka tadbirkor (boshqaruvchi)ga topshirilishi mumkin. Ijroiya organning miqdoriy tarkibi kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig'ilishida belgilanadigan tartibda qabul qilingan ma’muriy-xo'jalik xarajatlari smetasi asosida va uning chegarasida belgilanadi. Ijroiya organga ijroiya organ rahbarining o'rinbosari, bosh buxgalter, bosh muhandis, asosiy ishlab chiqarish bo'linmalarining rahbarlari kirishi mumkin. Ijroiya organning rahbari va xodimlari tarkibi kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi, bunda qaror oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ijroiya organ va kuzatuv kengashi raisi o’rtasida tomonlaming huquq va majbu- riyatlari belgilangan shartnoma imzolanadi. Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilishning barcha masalalari kiradi, umumiy yig’ilish va