Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə96/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   179
3-176 Moliya bozori

126


emitentlar - aksiyadorlik jamiyatlari ayni shu tijorat banklari bo'lgan. Uchinchidan, odatdagi korxona va tashkilotlar bilan solishtirilganda, banklar katta miqdorda o'z mablag'lari va qarz resurslarini to'plaganlar, ular, o‘z navbatida, fond bozorida yirik sarmoyador sifatida qatnashish uchun shart-sharoitlar yaratadi.


Nihoyat, respublika qonunchiligi banklarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyatini biron bir tarzda (masalan, bir qancha davlatlarda, xususan, AQSHda bo'lganidek) cheklanmagan va ayni yilda banklar o‘z mijozlarining moliyaviy xo'jalik faoliyati to'g'risida eng keng ma’lumotlarga ega bo'lgan, bu esa ulaiga bunday ma’lumotlami olishga huquqi cheklangan odatdagi sarmoyadorlar oldida imtiyozlar bergan.
Banklarning qimmatli qog'ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo'jalik yurituvchi subyekt- lardan farqli ravishda, ushbu bozor qatnashchisi sifatida bir yilning o'zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar, depozitlar va omonat O’amg'arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari sifatida; boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat qimmatli qog'ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‘z mijozlariga maslahatlar beradigan, depozitar operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog'ozlar va pul mablag'larini boshqarish bo'yicha xizmatlar ko'rsatadigan investitsiya muassasalari va h.k. sifatida qatnashishi mumkin.
Ayni yilda tijorat banklari fond bozori umumiy infratuzilma- sining unsuridir va bu vazifada ulaming roli nihoyatda katta, chunki amalda qimmatli qog'ozlar bozorining har bir ishtirokchisi bank- ning xizmatisiz ish tutolmaydi, chunki u hisob-kitob raqami va boshqa hisob raqamlarini ochadi, ularda pul mablag'larini, jumladan, qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun ishlatiladigan mablag'larini saqlaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank mijozi tomonidan veksel yozilayotgan yilda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo'li bilan veksel muoma- lasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifi- katlari va bank veksellarini chiqarish, ulami muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishti­rokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoManadi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin