uchun umuman investitsiyalashning nisbatan qisqaroq muddatlari xosdir. t
Agressiv (tajovuzkor) siyosat kwslar va foizlaming bozorda o'zga- rib (tebranib) turishidan daromad olish imkoniyatlaridan eng ko‘p darajada foydalanib qolishga yo'naltirilgan. Bunday strategiyani faqat katta investitsiya portfeliga ega bo'lgan yirik banklargina qo'llashi mumkin. Agressiv strategiyani muvaflaqiyatli olib borish uchun bank kundalik bozomi xolisona baholay oladigan va unda vaziyatning o'zgarishiga oid taxminlar tuzishni ta’minlaydigan tegishli tahliliy imkoniyatlarga ega bo'lishi lozim. 0‘zbekiston banklarini investitsiyalashning bosh obyekti davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bo'lib, ular bankka kafolatli qat’iy va barqaror daromad olish uchun imkon beradi. Ko'pgina banklar bo‘sh turgan pul resurslarini ayni mana shu DQMOga qo'yil- ma qiladilar. Shuni qayd etish lozimki, ko'pgina banklar DQMOga qo‘yilma qilayotganlarida ikkilamchi bozorda narx ko'tarilishi — narx pasayishi yilidagi fursat (o'yin)dan foydalanib, katta daromad olib, tajovuzkor siyosat yuritadilar. Ahamiyatiga ko'ra, ikkinchi o'rinda turgan, ammo eng katta istiqbolga ega bo‘lgan investitsiyalash obyekti xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari bo'lib, ular dividendlar shaklida daro- madlar olish va kurs qiymatini oshirish uchun, shuningdek, keyin- chalik ancha yuqori narxda qayta sotish uchun sotib olinadi. Sanoat korporatsiyalari aksiyalariga banklar investitsiyalari amalga oshirilgan yilda bank kapitali bilan sanoat kapitali qo'shilib- birlashib, moliya kapitali hosil bo'ladi. Bunday birlashuv, yuqorida qayd etilganidek, hamma mamlakatlarda ham bo'lavermaydi, lekin O'zbekistonda u yetarlicha keng rivojlandi. Agar biron aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar paketiga ega bo'lgan bank uni boshqarishda, shuningdek, kreditlar, jumladan, imtiyozli kreditlar yordamida emitentning moliyaviy ahvolini sog'lomlashtirishda faol ishtirok etsa, shunday birlashib ketishning afzalliklari namoyon bo'ladi. Har bir bank investitsiya portfelining muayyan qismini bank tomonidan qo'shma va sho'ba korxonalarga kiritilgan paylar va ulushlar tashkil etadi. Ushbu qo'yilmalardan keladigan daromad ba’zan katta miqdorlarga yetishi, ammo ayrim hollarda umuman bo'lmasligi ham mumkin. Turlicha bozor tuzilmalarining ta’sischi-