investitsiyalar qilishdan maqsadi — foizlar olish, kapitalni saqlab qolish va qimmatli qog'ozlar kursi qiymatining o'sib borishi asosida sarmoyaning ortib borishini ta’minlashdan iboratdir. Banklaming bu sohadagi strategiyasiga bank qonunchiligi katta ta’sir ko'rsatadi. Buyuk Britaniya, Italiya kabi mamlakatlarda qonun bank portfelida mavjud bo'lgan qimmatli qog'ozlar kurs qiymatining o'sishi hisobiga vujudga keladigan yashirin zaxiralaming shakllan- tirihshini taqiqlaydi. Bu davlatlarda banklar o'z balanslarida aktivlarining qiymatini, ularni qayta baholashni hisobga olgan holda, albatta, ko'rsatishlari shart. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Yaponiya, AQSHda aktivlar xarid yoki nominal qiymati bo'yicha balanslarda aks ettirilishi sababli, yashirin zaxiralar katta miqdorlarga yetishi mumkin, bu esa, bankni shunday investitsiyalami ko'pay- tirib borishga da’vat etadi. Ko'pgina mamlakatlarda bank qonunchiligi bank investitsiya portfelida mavjud bo'lgan qimmatli qog'ozlaming sifatiga muayyan talablami qo'yadi. Bu talablar, odatda, qimmatli qog'ozlar likvid- ligiga tegishlidir, shuningdek, bank portfelini shakllantiruvchi qimmatli qog'ozlar bozorda erkin muomalada bo'lishi yoki kredit olish yilida garov sifatida Markaziy bank tomonidan qabul qilinishi kerak. O'zbekiston banklarining portfelini investitsiyalash obyekti bo'lib korporativ qimmatli qog'ozlar, shuningdek, davlat qisqa muddatli qog'ozlari xizmat qiladi. Investitsiyalash jarayonida bank strategiyasining ikki turi farq- lanadi: passiv va aktiv. Passiv, kutib turuvchi strategiyaning maqsadi — o'rtacha bozomikiga yaqin bo'lgan darajadagi barqaror va qat’iy daromad olinishini ta’minlashdir. Bu holda, odatda, «narvon» usuli yoki «shtanga» usuli qo'llanadi. Birinchi usul turli muddatli qimmatli qog'ozlarni bank tomonidan tanlab olingan investitsiyalash muddati doirasida bir tekis taqsimlagan holda sotib olishga asoslangan. «Shtanga» usuli investitsiyalarning aksariyat qismi portfelning yuqori likvidliligini ta’minlaydigan juda qisqa muddatli qimmatli qog'ozlarga hamda yuqori daromad olish uchun imkon beradigan uzoq muddatli qimmatli qog'ozlarga yo'naltirilishini anglatadi. O'zbekistonda banklar o'zlarining qimmatli qog'ozlar portfelini shakllantirishda ushbu ihkala usulni qo'llaydilar. Biroq, O'zbekiston