lari bo’lmish banklar ularga katta mablag’lami qo’yilma qiladi. Masalan, bankjar investitsiya muassasalari va biijalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin. Amalda O’zbekistondagi har bir bank turli yo’nalishdagi bir yoki hatto bir necha investitsiya muassasalari — investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari va h.k.laming ta’sischisi bo’ladi. O'zbekistonda banklarga institutsional sarmoyadorlaming, ya’ni o‘z ish faoliyatining xususiyatiga ko’ra, doimiy va katta miq- dordagi pul mablag’lariga ega bo’lgan hamda ularni qimmatli qog’ozlar portfeliga qo’yilma qilishga qurbi yetadigan tashkilotlaming ta’sischilari bo’lish uchun ruxsat berilgan. Banklar institutsional sarmoyadorlaming aksiyalarini sotib olib, pul mablag’larini jam- g’arish (akkumulatsiyalash) uchun qo’shimcha imkoniyatga ega bo’ladi, shuningdek, mijozlaming qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarish bo’yicha o’z operatsiyalarini kengaytiradi. Banklar anderrayting bo’yicha operatsiyalami bajarayotgan yilda mablag’lami qimmatli qog’ozlarga investitsiyalashga doir operatsiya- larni amalga oshiradi, ya’ni bank-emitent mijozning qimmatli qog’ozlarini joylashtira olmagan yilda, o’z majburiyatlarini bajarish va mijozning ustav sarmoyasini shakllantirish uchun bankning o’zi mijozning qimmatli qog’ozlarini sotib olishiga to’g’ri keladi. Ammo ushbu operatsiyalar ko’proq nochorlik xususiyatiga ega. Keyinchalik bank bunday qimmatli qog’ozlarni sotib olib, ularni sotishga harakat qiladi yoki u foyda, shu bilan birga, dividendlar keltira boshlashi uchun emitentni boshqarishda ishtirok etadi. Banklar korxona aksiyalariga ega bo’lib va unga kreditlar bergan holda o’z investitsiyalarini himoya qilish maqsadida kreditlashni davom ettirishga jalb etilishi mumkin. Ular o’z obro'sini saqlab qolish uchun korxonaning moliyaviy barqarorligini quwatlab turishga majburdir. Qimmatli qog’ozlarga investitsiyalashni amalga oshirishda bankning yo’qotishlari bo’yicha mavjud xatar, asosan qisqa muddatlidir, lekin u bankning asosiy kapitaliga nisbatan juda yuqori bo’lib qolishi ham mumkin. Bank emitent-korxonaning bankrot bo’lishi bilan bog’liq holda uning aksiyalariga ega bo’lgani uchun zarar ko’rishi ham mumkin, ammo bunday yo’qotishlaming eng ko’p tarqalgan sababi, bozor qiymatini noto’g’ri baholash va qimmatli qog’ozlarni uzoq yil davomida saqlab turishdan iboratdir.