Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə107/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   179
3-176 Moliya bozori

138




idoralariga ega bo'lib, ular (mijoz hisobidan va uning topshirig'i bo'yicha) fond biijasida hamda biijadan tashqari aksiyalar bozorida dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshirib, buning uchun vositachilik haqi olishgan. Tijorat banklari uchun korporativ qim- matli qog'ozlar bilan savdo qilish oddiy kredit berishga nisbatan katta xatar bilan bog'liqdir.
Shu sababli O'zbekistondagi ko'pgina tijorat banklari, ayniqsa 1993-1995-yillarda korporativ qimmatli qog'ozlar bozorida o'zini nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tutdilar. Lekin 2000-yil boshiga kelib, O'zbekistondagi banklar ushbu bozorda o'zlarini ancha dadil his qildilar. 1996-yil martidan boshlab, kredit muassasalari davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bilan dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshira boshladilar. Buning ustiga vositachilik xizmatlari ko'rsatish bozorida banklar umuman olganda, anchagina foydali holatda bo'ldilar, chunki hozirgi yilga qadar ham DQMO bozorida faqat tijorat banklarigagina yo'l ochiq. Banklarning vositachilik operatsiyalari tarkibida vositachilik haqi evaziga qimmatli qog'ozlar bilan bitimlami ro'yxatdan o'tkazish vazifasini alohida ajratish mumkin. Bitim yagona hisob yuritish ro'yxati (registri)da qayd etiladi va bitim qatnashchilari - bank mijozlari (qimmatli qog'ozlami xarid qiluvchi va sotuvchi) ro'yxatdan o'tish to'g'risida qayd etilgan shartnomani oladilar. Ro'yxatdan o'tkazilgan barcha bitimlar to'g'risidagi axborotni banklar qimmatli qog'ozlar bozo- rini tartibga soluvchi organga davriy ravishda topshirib turadilar.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini amalga oshiradigan bo'lsa, u har bir mijoz uchun hisob raqam ochishi va mijozning qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalarga doir ma’lumotlami yozib borishi, bunda qimmatli qog'ozlaming turi, operatsiyalar sanasi, sotilgan va xarid qilingan qimmatli qog'oz­laming narxi va sonini ko'rsatishi shaft.
Ko'pgina hollarda banklarning fond bozoridagi faoliyatini investitsiya kompaniyalari faoliyati bilan tenglashtirish mumkin. Banklar aksiyalar, obligatsiyalar, depozh va jamg'arma (omonat) sertifikatlarini chiqaradi, shu tarzda mablag'lami jalb etib, resurslar yaratib, keyinchalik bu resurslami korporativ va davlat qimmatli qog'ozlariga investitsiya qilib hamda to'g'ridan to'g'ri investitsiyalami amalga oshirib, ulardan foydalanadi. O'zbekistonda tijorat banklariga



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin