tomonidan chiqarilgan obligatsiyalamiflg saqlanishini ta’minlay- digan qimmatli qog'ozlar egasi bo'lishi ham mumkin. Kompaniya ishlarini yoki alohida shaxsning mulkini boshqarish. Bunday boshqarish vaqtinchalik, muvaqqat xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Korxona qayta tashkil etilayotgan, qo'shilayotgan, sanatsiya qilinayotgan yilda katta tashkiliy, moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechiradi yoki bankrot bo'ladi. Shunday paytda trast bo'lim ishonchli shaxs sifatida kreditorlarga qarzlami, budjetga to'lanmagan soliqlami to'laydi, korxonani tugatishga oid hujjatlami rasmiy- lashtradi, vakolatlik vazifalarini bajaradi va h.k. Xususiy shaxsning mulkini boshqarish trast bitim asosida yoki sud farmoyishi bo'yicha, odatda, ishonchli shaxs yoki uchinchi shaxs (masalan, layoqatsiz) bo'lgan benefitsiar foydasiga amalga oshiriladi. Mazkur holda bank o‘z nomidan ish tutib, mulkning har xil turlarini boshqaradi, mablag'laming samarali qo‘yilishini ta’minlaydi, bunday qo'yil- malardan tushadigan daromadni va trast bitimning asosiy summa- sini tasarruf ctadi. Agentlik xizmatlari. Bunda bank muayyan muddatga tuzilgan shartnoma asosida printsipal deb ataluvchi o‘z mijozi nomidan va uning topshirig'i bo'yicha harakat qiladi. Bu holda bank mulkni tasarruf etish huquqiga ega bo'lmaydi; mulkni tasarruf etish huquqi prinsipalning o'zida qoladi. Vositachilik xizmatlari qimmatliklami seyflarda saqlashdan iborat bo'lib, bunda bank mijozning topshirig'i bo‘yicha qimmatliklami oladi, saqlaydi va beradi yoki seyflami ijaraga beradi. Mijozning o‘zi bu seyflarda o‘z qimmatliklarini, shu jumladan, qimmatli qog'ozlarini saqlaydi. Bank vositachilik xizmatlarini ko'rsatib, mijozning aktivlarini saqlaydi: uning ko'rsatmalariga asosan harakat qilib, aksiyalar bo‘yicha divi- dendlar, obligatsiyalar bo'yicha foizlar olish, obligatsiyalami to‘- lash, qimmatli qog‘ozlami almashtirish va h.k.ga doir operatsiya- lami bajaradi. Nihoyat, vositachilik xizmati ko'rsatish doirasida printsi pal aktivlarini boshqarish amalga oshiriladi, bunda bank mijozning topshirig'i bo'yicha investitsiyalashni amalga oshiradi, mijoz nomidan shartnomalar tuzadi, qimmatli qog'ozlami beradi, ssudalar oladi, cheklar yozib beradi va imzolaydi, veksellami indossatsiya qiladi, qimmatli qog'ozlar portfelining holatini tahlil qiladi, mijoz portfelida mavjud bo'lgan qimmatli qog'ozlar kurslarini kuzatib