Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə108/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179
3-176 Moliya bozori

139




anderrayting bilan shug'ullanish man etilmagan. Shunday qilib, tijorat banklari investitsiya kompaniyalari vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
G'arb davlatlarida banklar qimmatli qog'ozlarni birlamchi tarqatish yilida qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ulami birlamchi joylashtirishni tashkil etishda vositachilar sifatida faol ish olib boradi. Banklaming qimmatli qog‘ozlami xususiy joylashtirish bo'yicha vazifasi (matbuotda e’lon qilmasdan va obunachilar keng qat- lamining ishtirokisiz) keng tarqaldi.
Rossiya Federatsiyasida, masalan, investitsiya banklari mavjud bo‘lmagani tufayli, tijorat banklari emitentlar uchun hujjatlami va qimmatli qog'ozlar chiqarish shartlarini ishlab chiqadi, fond bozorini tartibga soluvchi organda qimmatli qog'ozlar chiqarishning ro‘yxatdan o'tkazilishini kuzatadi, sarmoyadorlami qidirib topish bilan shug'ullanadi, birlamchi tarqatishni amalga oshiradi, qog'oz­larni chiqarish yakuni to‘g‘risida hisobot tuzadi, qimmatli qog'oz- laming sotilishini kafolatlaydi va h.k
Tijorat banklarining investitsion va moliyaviy
maslahat berish vazifalari

Banklar ko‘p sonli mijozlariga ega bo'lib, ularga nafaqat kredit- hisob-kitob xizmati ko'rsatadi, balki ularga chet el sarmoyadorini tanlash, sarmoyadorlarga investitsiya obyektlarini tanlash bilan bog'liq bo'lgan investitsion konsalting sohasidagi xizmatlar ko'rsa- tishni ham amalga oshiradi. Bunda banklar texnik-iqtisodiyjihatdan asoslab berilgan, potensial samaradorlik bahosini o‘z ichiga olgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi, xalqaro andozalarga muvofiq loyiha hujjatlarni tayyorlaydi, amalga oshiriladigan loyihalar doirasida marketing tadqiqotlarini olib boradi.
Bunda eng maqbul emissiya portfellarini shakllantirish, investitsiyalami jalb etish dasturlarini ishlab chiqish, mijozning o'ziga kerak bo'lgan pul mablag'larini jalb etishi uchun yordam beradigan vositalami tanlash, qimmatli qog'ozlar emissiyasi uchun biznes-rejalarni ishlab chiqish, moliyaviy vositalarning har xil turlari bo'yicha olinadigan daromadlami taxmin qilish va h.k. muhim bank xizmatlaridir. O'zbekistonda banklar o'z mijozlariga bepul, texnik xususiyatdagi ko'pgina og'zaki maslahatlami berishadi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin