monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir-birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan biron-bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta’minlovchi yoki aksiyador- lar ovozlarining 50 foizidan ortig'ini ta’minlovchi aksiyalami xarid qilish hamda bitimlami ro'yxatga olish;
bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta’sir ko'rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog'ozlami sotib olish (sotish) bo'yicha ko'lamli bitimlaming tuzilishi;
qimmatli qog'ozlar bozori konyunkturasining sun’iy ravishda o'zgarishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yolg'on xabarlami tar- qatish va qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishning asosiy tamo- yillariga hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo'lgan boshqa harakatlar.
Fond birjalari o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog'ozlar bilan biija savdolari qoidalarini, biijaning tarkibiy tuzilmalari, ulami a’zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlami mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq, bulaming barchasi qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Xususan, biija operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda quyidagi ta’riflami nazarda tutishi kerak:
muayyan biijada qimmatli qog'ozlar bilan savdo-sotiq qilish tamoyillari;
biija savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo'yiladigan talablar; biija yig'ilishlarining joyi va yili haqida axborot;