barqaror aloqa ta’minlanishi zarur. Yana shuni ta’kidlash joizki, savdo zalidagi avtomatlashtirilgan brokerlik joylari telefonlar bilan jihozlangan, ular orqali brokerlar savdolaming butun jarayoni davomida mijozlar bilan turli mavqelar bo'yicha shartlami aniqlashi mumkin. Ekspert-kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya xizmatini o‘z ichiga olgan ekspert-tahliliy boshqarma tegishli ravishda qimmatli qog‘ozlar narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog'ozlari biija savdolarida kotirovka qilinayotgan yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitentlaming moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish; o'tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma’lumotlarni tayyorlash (biija aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyushmalar, konsemlar, birlamchi hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo'yicha guruhlash) bilan bog'liq ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va uzoq xorij fond biijalarining ish tajribalarini ham qonuniy, ham texnikaviy nuqtayi nazardan, shuningdek, uni mahalliy sharoitlarda qo'llash imkoniyatlarini tadqiq qilish. Fond biijasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o'rin tutadi. Ular, odatda,.fond biijasining xodimlari - yuqori malakali, tajribali mutaxassislardan tarkib topadi. Ekspert-kotirovka komissiyasi qimmatli qog‘ozlarning biija savdolarida kotirovka qilinishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting, relisting va shu kabi tadbirlami amalga oshiradi. Malaka komissiyasi tegishli imtihonlami o'tkazish yo‘li bilan brokerlarga biija savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish imkoniyatlarini aniqlaydi. Nizolar bo‘yicha komissiya savdolami o'tkazish, bitimlami ijro etish jarayonida brokerlar o'rtasida, brokerlar va ulaming mijozlari o'rtasida, mijozlar va biijaning mutaxassislari o‘rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlami hal etish bilan shug‘ullanadi. Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va biijaning boshqa asosiy hujjatlari buzg'unchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni tayinlaydi, jazolaming ijro etilishini nazorat qiladi. «Toshkent» Respublika fond birjasi respublikaning har bir viloyatida o'zining sho‘ba bo‘linmasiga ega.