Birjadagi brokerlik joyi deganda, fond birjasi o'zining to‘la huquqli a’zosiga yaratib berishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar yig'indisi tushuniladi. Shulardan eng asosiysi — birja maydonchasida qimmatli qog'ozlami o‘z nomidan va o'z hisobidan yoki mijozlar hisobidan hamda ulaming topshirig'iga ko'ra, xarid qilish yoxud sotish imkoniyatidir. So'zsiz, bundan tashqari, brokerlik joylarining egalari qimmatli qog'ozlar bozorining qolgan ishtirokchilaridan farqli ravishda, boshqa ko'pgina imkoniyatlarga ega bo'lishadi. Qimmatli qog'ozlar, ulaming emitentlari, narxlari, broker-kontr- agentlar haqida turli xil axborotlarni olish, biija faoliyatining ayrim jihatlari bo'yicha maslahatlar (masalan, bahslarni hal etishda Nizolar bo'yicha komissiya mutaxassislarining maslahatiarini) olish imkoniyatlari, zarur hujjatlardan nusxalar ko'chirish, shartno- malami to'ldirish va rasmiylashtirish bo'yicha biija xizmatlaridan foydalanish shular jumlasidandir. «Toshkent» RFBdagi brokerlik joyi noma’lum muddatga sotib olinadi, ya’ni brokerlik joyini sotib olib (bir karralik badalni to'lagan holda) uning egasi birja tomonidan unga qo'yiladigan talablarga rioya qilgan holda birja xizmatlaridan chegaralanmagan muddatda foydalanishi mumkin. Brokerlik joyiga egalik qilishning butun yili davomida birja a’zolari unchalik katta bo'lmagan summadagi muntazam a’zolik badallari to'lashadi. A’zolikning bunday tizimi brokerlar uchun juda tejamli sanaladi. Boshqa mamlakatlarda birjadagi a’zolikni saqlab turish uchun har oyda yoki har yili ramziy emas, balki juda katta miqdordagi badal to'lanadi. Brokerlik joyi sotib olinishi, begonalashtirilishi (sotilishi, sovg'a qilinishi, meros qilinishi, ustav fondga o'tkazilishi va h.k.), ijaraga berilishi mumkin. U bo'linmaydi. Lining egasi brokerlik joyining bir qismini berishi yoki sotishi mumkin emas. Bir shaxs faqat bitta brokerlik joyiga egalik qilishi mumkin. Brokerlik joylari uch usul bilan sotib olinishi mumkin: bevosita fond birjasidan, birja savdolari orqali, birja savdolarisiz. Brokerlik joyini bevosita fond birjasidan sotib olish. Mazkur usul xaridor tomonidan brokerlik joyini sotib olish istagi to'g'ri- sidagi arizaning berilishini nazarda tutadi. Birja ushbu arizani