rasmiy biija ro'yxatidagi korxona tomonidan reyestmi yuritish qoidalarining buzilishi.
Listing korxonalari qimmatli qog'ozlarining delistingi muvaq- qat, doimiy va mutlaq bo'lishi mumkin. Muvaqqat delisting holatida emitentning qimmatli qog'ozlari listing arafasi toifasiga o'tkaziladi. Doimiy delisting borida emitentning qimmatli qog‘ozlari listingdan tashqari toifaga o'tkaziladi. Mutlaq delisting holatida esa, emitentning qimmatli qog'ozlari biija rasmiy ro'yxatidan o'chirilishi lozim. Listing korxonasining muvaqqat delistingi shuni anglatadiki, emitentda qisqa muddat ichida bartaraf etilishi mumkin bo'lgan muammolarning paydo bo'lganligi sababli uning qimmatli qog'ozlari rasmiy biija ro'yxatidan listing korxonalari toifasi bo'yicha yilga cliiqariladi. Listing korxonalarining qimmatli qog'ozlariga nisbatan doimiy delisting quyidagi sabablarga ko'ra amalga oshirilishi mumkin:
korxona moliyaviy ahvolining qoniqarsiz holatda bo'lishi;
hisobot davri yakunlariga ko'ra, zararlaming mavjud bo'lishi;
sarmoyadorlar uchun muhim bo'lgan axborotni oshkor qilmaslik yoki o'z vaqtida oshkor qilmaslik;
biija oldidagi moliyaviy majburiyatlaming bajarilmasligi;
korxonaning uzoq muddatli aktivlari summasidan ortiq summadagi aktivlar zamirida garov yoki kafolatlar berish;
aksiyalar biija rasmiy ro'yxatiga kiritilgan yildan boshlab, ulaming bozor narxini 50 foizdan ortiq miqdorda kamaytirish;
obligatsiyalar biija rasmiy ro'yxatiga kiritilgan yildan boshlab, ulaming bozor narxini o'matilganidan ortiq miqdorda kamaytirish;
ushbu qimmatli qog'oz biija rasmiy ro'yxatiga kiritilgandan keyin uchinchi oydan boshlab biija savdolarida u bilan tuzilgan bitimlar hajmi bir taqvim oyi mobaynida belgilangan summadan kam bo'lsa.
Listing korxonasining qimmatli qog'ozlariga nisbatan mutlaq delisting quyidagi sabablarga ko'ra o'tkazilishi mumkin: