chunonchi: qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga, qimmatli qog'ozlar bozorida kamida bir yil ish tajribasiga ega bo'lishi; rasmiy dileming biija zalida ish yurituvchi xodimlari «Toshkent» RFBning avtomatlashtirilgan ish o'rinlarida maxsus o'qitilishi va biija malaka komissiyasining shahodatnomasiga ega bo'lishi lozim. Rasmiy diler listing korxona- larining qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun o‘z aktivlariga ega bo'lishi kerak. Lining eng kam miqdori biijaning boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Listing maydonchasida operatsiyalar o'tkazish uchun rasmiy diler qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etish haqidagi guvohnoma asosida biijaning tegishli ro'yxatga olish raqamini oladi. Bu raqam u be ri Iga n kundan boshlab, to taqvim yili tugagunga qadar amal qiladi. Investitsiya dilerlari sifatida investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari, aksiyadorlik- tijorat banklari, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasining nore- zidentlari ishtirok etishi mumkin. Har yili yanvar oyi mobaynida biija dilerlar ro'yxatini qayta ko'rib chiqadi va rasmiy ro'yxatga yangi dilerlarni kiritish (kirit- maslik) yoki amaldagilami ro'yxatdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qiladi. Quyidagi holatda biija investitsiya muassasasini rasmiy dilerlar ro'yxatidan chiqarishi mumkin:
investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko'rsatish litsenziyasidan mahrum bo'lish;
market-meyker to'g'risidagi nizom, biijaning ichki hujjatlari qoidalarining buzilishi;
davlat noziri diler tomonidan qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida hisobot bergan hollarda;
biija malaka komissiyasining qaroriga ko'ra.
9.5. Qimmatli qog‘ozlaming listing tadbirlari Qimmatli qog'ozlar listingi tadbirini o'tkazish uchun «Toshkent» RFBga taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati:
Listing tadbirini o'tkazish haqida ariza.
Ta’sis hujjatlari (o'zgartirish va qo'shimchalar bilan).
161
Korxonaning davlat ro'yxatiga olinganligi haqidagi guvoh- nomaning tasdiqlangan nusxasi.
Davlat mulki qo'mitasining buy rug'i (agar AJ davlat korxo- nasining negizida tashkil etilgan bo'lsa).
Litsenziyani talab etadigan ishlami bajarish va xizmatlar ko'r- satish uchun litsenziya.
Qimmatli qog'ozlaming qo'shimcha nashri to'g'risida qaror qabul qilinganligi haqida aksiyadorlar umumiy yig'ilishi bayon- nomasidan ko'chirma.
Depozitar xizmatlar ko‘rsatilishi haqidagi shartnomaning nusxasi.
Qimmatli qog'ozlaming ro'yxatga olingan emissiya risolasi va awalgi nashrlar qimmatli qog'ozlarining emissiya risolalari.
AJ qimmatli qog'ozlarining awalgi emissiyalari to'g'risida ma’lumotnoma.
So'nggi uch tugallangan moliya yili uchun yoki tashkil etilgan yildan boshlab, har bir tugallangan moliya yili uchun izohli yozuv- lar bilan buxgalterlik balanslari.
So'nggi uch tugallangan moliya yiji uchun yoki tashkil etilgan vaqtdan boshlab, har bir tugallangan moliya yili uchun moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl).
So'nggi moliya yili uchun asosiy vositalar harakati to'g'risida hisobot (3-shakl).
So'nggi moliya yili uchun pul oqimlari to'g'risida hisobot (4-shakl).
So'nggi moliya yili uchun o'z sarmoyasi to'g'risida hisobot (5-shakl).
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida ma’lumotnoma — so'nggi moliya yili uchun va ariza berilgan yildagi holatiga ko'ra balans (2-shakl)ga ilova.
Birja rasmiy ro'yxatiga kiritish haqida arizani berish oldidan so'nggi chorakning yakuni holatiga buxgalterlik balansi (1-shakl).
Birja rasmiy ro'yxatiga kiritish haqida arizani berish oldidan so'nggi chorakning yakuniy holatiga ko'ra moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl).
So'nggi tugallangan moliya yili va joriy yilning hisobot davri uchun auditorlik xulosalari.