siyasining tavsiyalari asosida Boshqaruv bir hafta ichida mazkur masala bo'yicha yakuniy qaror qabul qiladi.
Emitentni birja rasmiy ro'yxatiga listing toifasi bo'yicha kiritish to'g'risidagi qaror qabul qilinganidan keyin, birja va emitent o'rtasida maxsus shartnoma tuziladi. Ushbu shartnoma imzolanganidan so'ng emitent listing korxonasi maqomiga ega bo'ladi. Qimmatli qog'ozlami birja rasmiy ro'yxatiga kiritish bo'yicha barcha xarajatlar emitentni o'zining zimmasida bo'ladi. Korxona listing toifasiga kiritilishi bilanoq, birja bu haqdagi xabami ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Listing korxonalarining aksiyalari bo'yicha savdolar maxsus seksiyada o'tkaziladi. Qimmatli qog'ozlari listing toifasi bo'yicha kiritilgan emitent har chorakda bigaga moliyaviy hisobotni taqdim etishi zarur. Listing korxonasi tegishli natijalarga erishgan holatda listing komissiyasi uning qimmatli qog'ozlarini bir guruhdan (А, В, C, D) boshqasiga o'tkazishi mumkin. Rasmiy birja ro'yxatining tegishli seksiyasida bo'lgan qimmatli qog'ozlarga nisbatan quyidagi choralar ko'rilishi mumkin:
qimmatli qog'ozlaming birja rasmiy ro'yxatida bo'lishini to'xtatish;
delisting - emitentning qimmatli qog'ozlarini birja rasmiy ro'yxatinimg tegishli toifasidan chiqarish yoki butunlay ro'yxatdan chiqarish.
Delistingning uch turi mavjud: muvaqqat delisting, doimiy delisting va mutlaq delisting. Birja quyidagi sabablarga ko'ra, emitentning qimmatli qog'ozlarini birja rasmiy ro'yxatida bo'lishini keyinchalik to'xtatib qo'yishi mumkin:
davlat organining korxonani yopish to'g'risidagi qarori;