«Stendard end Purz» indeksi (The•Standart and Poor’s)
Bu indeks «Stendard end Purz* kompaniyasi tomonidan ikki variantda — 500 ta kompaniya aksiyalari bo'yicha va 100 ta kompaniya aksiyalari bo'yicha hisoblab chiqariladi va chop etiladi. (S&P 500) indeksi biija joriy yo'nalishlarining indikatori sifatida keng qo'llanadi. U 1957-yili birinchi bo'lib amalga kiritilgan, 500 ta aksiya kurslariga doir keng ma’lumotlami o'zida birlashtirgan indeks edi. Dou—Jons yig'ma indeksi kabi, «Stendard end Purz» ham sanoat tarmoqlari bo'yicha mayda segmentlarga bo'linib, alohida-alohida chop etiladi. Bular — 400 ta sanoat kompaniyalari, 20 ta transport, 40 ta moliya va 40 ta kommunal kompaniyalardir. Ular, asosan, Nyu-York fond birjasida ro'yxatga olingan (NYSEda kotirovka qilinadigan barcha chiqarilgan aksiyalar bozor qiyma- tining 80 foizini tashkil etadi), Amerika fond biijasining kichik qismi va biijadan tashqari bozordagi kompaniyalardir. Dou—Jons indeksiga nisbatan «Stendard end Purz» — 500 yanada aniqroq va ayni yilda murakkab indeks hisoblanadi, chunki unda nisbatan ko'proq kompaniyalarning aksiyalari taqdim etilgan bo'lib, buning ustiga kompaniyaning har bir aksiyasi aksiya egalarida mavjud bo'Igan barcha aksiyalar qiymati kattaligiga qiyoslanib, chamalab hisoblangan. 100 (S&P 100) indeksi ham «Stendard end Purz» — 500 kabi hisoblab chiqariladi, ammo u Chikago opsionlar biijasida opsion- lari ro'yxatga olingan kompaniyalarning aksiyalaridan tarkib topgan. Mazkur kompaniyalarning ko'pchiligi o'z aksiyalarini Nyu-York fond birjasida ham kotirovka qiladi. «Stendard end Purz» — 100 indeksi bo'yicha opsionlar — Chikago savdo birjasida, fyucherslar esa, Chikago tovar biijasida kotirovka qilinadi. Nyu-York fond birjasi yig‘ma indeksi Bu indeks Nyu-York fond biijasida sotiladigan barcha aksiyalami o'z ichiga oladi. Indeks ushbu aksiyalaming kurs qiymati hara- katining o'rtacha hisoblangan ko'rsatkichidir. Ya’ni, mohiyati bo'yicha bu ko'rsatkich Nyu-York fond biijasi barcha kompaniyalari aksiyalarining, har bir kompaniya aksiyalarining bozor qiymati, aksiyalaming bo'linishi, qo'shilishi va yutilish omillari e’tiboiga