TAYANCH SO'Z VA IBORALAR Indeks; Dou-Jons indeksi; birja indeksi; narxli indeks; tasiks indeks.
9 NAZORAT SAVOLLARI Indekslaming hisoblashni qanday usuliarini bilasiz?
Indekslaming mohiyatini tushuntiring.
«Toshkent» RFB Indeksini hisoblash mexanizimi.
Qimmatli qog‘ozlar reytingi qanday mezonlar asosida aniqlanadi?
O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan qanday reyting kompaniyalami bilasiz?
178
U-bob. MOLIYA BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH
VA NAZORAT QILISH AS OS LARI
11.1. 0‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
solish mexanizmi va jahon amaliyoti Agar AQSH kabi mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozori haqidagi qonun hujjatlarining vujudga kelishi jarayoniga ommaviy mojarolar, nayrangbozlik va tovlamachiliklar jiddiy ta’sir ko'rsatgan bo'lib, hozirgi vaqtda fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi parlamentning ushbu bozor ishtirokchilari tomonidan yo‘l qo'yilgan suiiste’molliklarga munosabati sifatida shakllangan bo'lsa, 0‘zbekistonda esa ushbu jarayonlar rejali ravishda, hukumat hamda bozor munosabatlarining manfaatdor ishtirokchilari tashab- busi bilan, boshqa mamlakatlar tajribalarini inobatga olib, ularning tavsiyalaridan foydalangan holda fond bozorini tartibga solishni tashkil etishning o‘z modeliga ega bo'lish bilan rivojlandi. Qimmatli qog'ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi zarurati qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishining tarixi shundan guvohlik beradiki, qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishning me’yoriy jarayoni faqat yo fond bozori ishtirokchilarining o'zlari tomonidan, yoki davlat tomonidan belgilangan aniq qoidalar mavjud bo'lgan, shuningdek, ularga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda ushbu shartlarga rioya etmaganlik makro va mikro darajadagi jiddiy oqibatlarga, ba’zan umumiqtisodiy tanglikka o'sib boruvchi global moliyaviy fojialarga olib kelganligiga misoliar juda ko'p. Tarixiy nom chiqargan AQSHning Nyu-York fond biijasidagi 1929-yilgi «qora qush* deb nomlangan kuzgi tanglik va yaqindagina (1998-yil 17-avgust) Rossiya qimmatli qog'ozlar bozoridagi muvaf- faqiyatsizlik bunga yaqqol misol bo'ladi. Ushbu voqealar, so'zsiz, fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi mexanizmining samarasizligi oqibatida sodir bo'ldi.