olinib, hisoblab chiqarilgan o'rtacha narxini ko'rsatadi. U, shu- ningdek, tarmoqlaming sanoat, transport, kommunal turlari bo'yi- cha bo'linadi. Bundan tashqari, telefon kompaniyalari indeksi, ayniqsa, ommalashgan bo'lib, ko‘p qo'llanadi. NUSE indeksi bo'yicha opsionlar bilan operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin. Ular Nyu-York fond birjasining o'zida o'tka- ziladi. Fyucherslar va fyucherslar bo'yicha opsionlar bilan operatsiyalar Nyu-York fond birjasining filiali bo'lgan Nyu-York fyucherslar biijasida amalga oshiriladi. Amerika fond birjasining bozor qiymatli indeksi
(AMEX Market Value Index) Bu indeks Amerika fond biijasida o'z aksiyalarini kotirovka qiladigan 100 dan ortiq kompaniyalarning faoliyatini o'rganadi (o'lchaydi) va tavsiflaydi. NASDAQ milliy savdo tizimi yig‘ma indeksi
(The NASDAQ National Market System Composity) Ushbu indeks birjadan tashqari, bozorda savdo qiluvchi kompaniyalarning aksiyalari bo'yicha hisoblab chiqariladi. NASDAQ indeksi Milliy birja dilerlar uyushmasini avtomatik kotirovkalash tizimi uchun o'matilgan. U 3500 ta kompaniya aksiyalarining qiymatiga asoslanib, hisoblab chiqariladi. Bu indeks uning o'z tarkibiy qismlari bozor qiymati bo'yicha chamalab hisoblangan ko'rsatkichdir. U dastlab 1971-yil fevralda hisoblab chiqarilgan bo'lib, o'sha davrda 100 ga teng bo'lgan. 1984-yildan NASDAQ sanoat, transport, moliya, sug'urta kompaniyalari, banklar va h.k. laming aksiyalari bo'yicha tarmoq indekslarini chop etadi. «Uilshir - 5000» indeksi (Wilshire 5000) Mazkur indeks «Uilshir assoshieyts» kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqarilib, Amerika qimmatli qog'ozlar bozori tizimida chop etiladigan eng taniqli (nufuzli) indeksdir. U o'z tarkibidagi qismlarga kiruvchi bardha aksiyalar bozor qiymati bo'yicha 175
chamalab hisoblab chiqarilgan bo'lib,* Nyu-York, Amerika fond birjalarida kotirovka qilinadigan, shuningdek, biijadan tashqari oborotda bo'lgan jami 5000 ga yaqin barcha kompaniyalaming aksiyalari qiymatini aks ettiradi. Uilshir—5000 indeksi 1980-yil 31-dekabrdan boshlab milliard dollarda hisoblanadi. Bu indeks bo'yicha opsionlar va fyucherslar bilan operatsiyalar amalga oshirilmaydi. «Tashkent» Respublika fond birjasining yig‘ma fond indeksi
Tashkent Aggregate Stock Exchange — Index («TASIX» — «Taciks») 2000-yilning boshida «Toshkent» Respublika fond biijasi (RFB), «Toshkent» RFB yig‘ma fond indeksi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqladi hamda uni qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi bilan kelishdi. Bu indeks listing, listingdan oldingi, listingdan tashqari seksiya (bo‘lim)lar, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini birlamchi joylashtirish seksiyasida korporativ qimmatli qog'ozlar bilan tuzilgan bitimlar narxlari asosida aniqlanib, fond bozorining hola- tini belgilaydigan integral indeks hisoblanadi. «Tasiks»ni hisoblab chiqarish savdo sessiyasi (savdo kuni) yakuni bo'yicha amalga oshiriladi, u tahlil qilish maqsadida hafta, oy, chorak va yil uchun ham hisoblanishi mumkin. Uni aniqlash uchun indeks hisoblanayotgan yilda birja savdo tizimida qayd etilgan savdo sessiyasi bo'yicha rasmiy hisobotga kiradigan aksiyalar bilan joriy savdo kuni tuzilgan bitimlarning o'rtacha chamalangan narxlaridan foydalaniladi. «Tasiks» quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi: Iftse = (Pi/Pb) ■ k, bu yerda, Iftse — «Toshkent» RFBning yig'ma fond indeksi; Pi — indeks hisoblanayotgan yilda barcha bitimlar bo'yicha hamma turdagi aksiyalaming o'rtacha chamalab hisoblab chiqarilgan narxi; Pb — indeks hisob-kitob bazasiga barcha bitimlar bo'yicha hamma turdagi aksiyalaming o'rtacha chamalab hisoblab chiqarilgan narxi; к — indeks o'lchov bandlari sonini ko'rsatadigan tuzatish koeflitsiyenti.