Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə135/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179
3-176 Moliya bozori

171


Jons indeksini hisoblash usuli bir песка bor o'zgargan. Hozirgi vaqtda Dou—Jonsning to'rtta har xil indekslari tuziladi.



  1. Dou—Jons sanoat indeksi (Dow—Jones Industrial Average) — 30 ta eng yirik sanoat kompaniyalari aksiyalari kurslari harakatining o'rtacha ko‘rsatkichi. Uning tarkibiy qismlariga Nyu- York fond biijasida kotirovka qilinadigan barcha aksiyalar bozor qiymatining 15—20 foizi to‘g‘ri keladi. Indeks maxsus formula bo'yicha, birjani yopish vaqtida unga kiritilgan aksiyalar narxini qo'shib, olingan summani denominator (aksiyalar umumiy sonini ko'rsatadigan sondan ancha kam bo'lgan son)ga bo'lish yo‘li bilan, aksiyalar va dividendlami chiqarilgan aksiyalar bozor qiymatining 10 foizidan ortig'ini tashkil etgan aksiyalar shaklida taqsimlashdan hosil bo'lgan kattalikka, shuningdek, qo'shilish va yutish komponentlarini qoplashga to'g'rilab, hisoblab chiqariladi. Shu sababli, uning kattaligi aksiyalaming oddiy o'rtacha narxiga nisbatan ancha yuqoridir. Korrektirovka (tuzatish)lar so'nggi natijani buzib ko'rsatmaslik (xaspo'shlamaslik) uchun maxsus ravishda qilinadi.

Indeks bandlarda kotirovka qilinadi va faqat o'tgan vaqtda bo'lganiga nisbatan ma’noga ega. Undan fyuchers va opsion kontraktlar uchun asos sifatida foydaldhish man etilgan. Shubhasiz, agar ko'rsatilgan formula suratiga kompaniyalaming ancha yuqori bo'lgan bozor narxidagi aksiyalari kiritilgan taqdirda, indeks ko'rsatkichi yuqori bo'lar edi. Biroq Dou—Jons indeksi AQSH iqtisodiyoti holatini eng to'g'ri aks ettiradigan indekslardan bin hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiyotning turli sho'balari (soha- lari)dan tanlab olingan 30 ta kompaniya ushbu mamlakat hayotiy kuchlarining ahvolini eng to'liq va aniq aks ettiradi.

  1. Dou-Jons transport indeksi (Dow-Jones Transportation Average) - 20 ta transport kompaniyasi - avtomobil yo'llari, temiryo'llar va aviatsiya kompaniyalari aksiyalari kurslari harakatining o'rtacha ko'rsatkichi.

  2. Dou—Jons kommunal indeksi (Dow-Jones Utility Average) — gaz va elektr energiya ishlab chiqaruvchi 15 ta kompaniya - avtomobil yo'llari, temiryo'llar va aviatsiya kompaniyalari aksiyalari bozor narxlarining o'rtacha ko'rsatkichi.

  3. Dou-Jons yig'ma indeksi (Dow-Jones 65 Composity Average) yoki boshqa nomi «Indeks — 65» yuqorida sanab o'tilgan uch guruh indekslari ko'rsatkichlari asosida hisoblab chiqariladi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin