Qimmatli qog'ozlar bozori industriyasining muhim belgisi indekslar (xos raqamlar) hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko'pincha * average* (o'rtacha ko'isatkich) tushunchasini uchratish mumkin. Ammo «average» va «index» — turlicha tushunchalar ekanligini unutmaslik lozim. Qimmatli qog'ozlar indekslari o'rtacha ko'rsatkichlarga nisbatan qimmatli qog'ozlar kutslari o'zgarishlarini yanada batafsilroq va aniqroq hisoblash usullari qo'llanishini ko'zda tutadi. Bundan tashqari, odatdagi o'rtacha ko'rsatkichlardan farqli ravishda, har bir indeks o'zining bazaviy davriga ega. Turli mamla- katlarda u yoki bu indekslarni hisoblab chiqarishning o'ziga xos usullari ishlab chiqilgan, biroq, ulaming hammasi u yoki bu darajada iqtisodiyot ahvolining ko'rsatkichlari — indikatorlaridir. Indeks- laming hisoblab chiqilgan mutlaq kattaliklarining o'zi, fond bozori qatnashchilariga hech narsa bermaydi. Indekslaming ayrim ko'r- satkichlarini bazaviy yoki oldingi kattaliklarga qiyoslangan vaqt- dagina bozordagi vaziyatning o'zgarish yo'nalishlarini aniqlab olish mumkin. Agar indeks egri chizig'i yuqoriga ko'tarilib borsa, bu davlat iqtisodiyotida jonlanish yoki ko‘tarilish yuz berayotganidan dalolat be rad i, agar, aksincha, indeks egri chizig'i pastga qarab yo'nalgan bo'Isa, bu — davlat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning pasayishi va tanglikning aniq belgisidir. Indekslarni hisoblash qimmatli qog'ozlar, odatda, ko'p sonli kompaniyalarning aksiyalari bo'yicha amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlar indekslarini hisoblashning bir necha usullari mavjud bo'lib, ulaming ichida eng ko'p tarqalgani har bir kompaniya chiqargan qimmatli qog'ozlar (aksiyalar)ning sonini ulaming narxiga ko'paytirib, keyin hisoblash uchun ajratib olingan qimmatli qog'ozlar umumiy soniga bo'lishdan iboratdir. O'rtacha