Yig'ma indeks, shuningdek, Dou-Jons aksiyalari tarmoq indekslari alohida olinganida sarmoyadorlar uchun nihoyatda foydalidir. Birinchidan, bu indekslar iqtisodiyot yoki yirik sho'balarining uzoq yil ko'tarilishi va pasayishini kuzatib borish uchun imkoniyat yaratadi, biijadagi vaziyat to'g'risida ma’lumot be rad i, aksiyalami sotib olish va sotish yili to'g'risida qaror qabul qilishga yordam beradi. Ikkinchidan, agar sarmoyador biron bir alohida aksiyasining narxi Dou—Jons indeksiga muvofiq ko'taril- masa, uning egasi bunday qimmatli qog'ozning ishonchliligiga shubhalanishga haqlidir. Birjalar va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli qog'ozlami sotib olish-sotish yilida stavkalar juda yuqori bo'lgani sababli sarmoyadorlar hamda professionallar oxirgi kun, hafta, oy, yil, o‘n yilda indekslarning barcha ko'tarilishi va pasayishini bilishga intiladilar. Ushbu hisob-kitoblarni qilishdan maqsad — aksiyalarning bo'lajak faolligini, ularning kelib chiqishi tarixiga asoslangan holda oldindan bashorat eta bilishdir. Dou—Jons indeksini hisoblab chiqarish uchun ro'yxatga kiradigan kompaniyalar aksiyalari butun dunyoda, turli birjalarda sotilayotgani va sotib olinayptgani hisobga olinib, Dou-Jons indeksi turli mamlakatlarga tatbiqan ham hisoblanadi. Turli mamlakatlarda yuqorida ko'rsatilgan kompaniyalar aksiyalarining narxlari o'zaro bir-biridan farqlanib, har xil bo'lgani uchun indekslar kattaligi ko'rsatkichlari ham turlicha bo'ladi. Shu sababli, «amerikancha» Dou—Jons indeksi ba’zan jahon Dou—Jons indeksidan, shuningdek, uning boshqa mamlakatlardagi ko'rsatkichidan ancha farq qiladi. Qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish yilini aniqlash (tayming) professionallar uchun fond birjasida qay tarzda pul qilish (topish) to'g'risidagi masalada hal etuvehi omil hisoblanadi. U birja indekslarining o'zgarishi, ulami tahlil qilish va tadqiqot olib borilishiga asoslanadi. Dou—Jons indeksi, o'zining noyobligi va mashhur bo'lishiga qaramasdan, u bir necha korporatsiyalarning aksiyalariga asoslanadi. So'nggi yillarda anchagina kengroq asoslarga qurilgan boshqa indekslar hisob-kitobini ham yaratishdek qat’iy zarurat yuzaga keldi. Gazeta sarmoyadorlaiga turli birja va tashkilotlar tomonidan oldingi — o'tgan kun, oy yoki boshqa ancha uzoq davr bo'yicha hisoblab chiqarilgan ko'pgina asosiy indekslarga oid ma’lumotlami taqdim etadi.