Aksiyalaming o'rtacha chamalangan narxi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
bu yerda, Pi — mazkur turdagi aksiya bilan so'mlarda tuzilgan; i -bitimning narxi; q— ushbu turdagi aksiyalar bilan sonlarda tuzilgan i — bitimning hajmi; N — savdo kunining boshidan indeks hisoblanguniga qadar tuzilgan bitimlar soni. Indeks hisob-kitob bazasiga barcha bitimlar bo'yicha hamma turdagi aksiyalaming o'rtacha chamalangan narxi - Pb 1999-yil 31-dekabrda savdo sessiyasidagi aksiyalar ma’lumotlari bo'yicha aksiyalar hajmi va soni hamda tuzilgan bitimlar narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarildi va 708,5 so'mga teng deb qabul qilinadi. O'lchov bandlarining sonini ko'rsatadigan tuzatish koef- fitsiyenti hisob-kitoblar qulay bo'lishi uchun 100 bandga teng deb qabul qilinadi. «Toshkent» RFB Rasmiy yig'ma indeksi savdo kuni tugayotgan yilda belgilangan indeks ko'rsatkichi hisoblanadi. Indeks hisob-kitob bazasini shakllantirish va o'zgartirish to'g'- risidagi qaror «Toshkent» RFB Boshqaruvi tomonidan biija rasmiy ro'yxatiga yangi emitent kiritilayotganida qabul qilinadi. Indeks hisob-kitob bazasiga faqat oddiy va imtiyozli aksiyalar kiritilishi mumkin. Indeks hisob-kitob bazasini o'zgartirish indeksni hisoblash usuli o'zgartirilganda yoki biija rasmiy ro'yxatiga yirik emitentning qimmatli qog'ozlari kiritilgan yilda amalga oshiriladi. «Tasiks»ning barcha o'zgarishlari to'g'risidagi ma’lumot biija axborot tizimi axborot terminallarida aks ettiriladi va manfaatdor shaxslarga yetkaziladi. 10.3. Qirnmatli qog'ozlar reytingi Qimmatli qog'ozlar reytingi deganda, mustaqil tashkilotlar tomonidan qimmatli qog'ozlaming sifatini tavsiflaydigan qiyosiy baholash darajasini belgilash tushuniladi. Odatda, eng yuqori sifatli qimmatli qog'ozlar A harfi (simvoli) bilan, o'rtacha yuqori sifat- lilari - V, eng past sifatlilari esa — 5va D harflari bilan belgilanadi.
177
Qimmatli qog'ozlarning dastlabki reytingi 1909-yili amerikalik Djon (Jon) Mudi tomonidan chop etilgan, u o'sha yilda qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishning potensial imkoniyatlarini tadqiq etgan bo'lib, mashhur reyting kompaniyalaridan bin lining nomi bilan «Moodu i Investors Services, Inc.» deb atalgan. Hozirda AQSH qimmatli qog'ozlar va fond biijalari komissiyasi to'rtta reyting kompaniyasini, xususan, «Moodu’s Investors Services», «Standard & Roor’s Somporation», «Fitch Publishing Compani» va «Duff & Phelps» kompaniyalarini tan oladi. To'rttala kompaniya obligatsiyalar reytingiga ixtisoslashmoqda, «Standard & Roor’s Somporation»kompaniyasi esa, bundan tashqari, aksiyalar reytingini ham amalga oshiradi. Qayd etish lozimki, reytinglar berilishi, tabiiyki, ko'pgina kompaniyalarda, reyting yuqori bo'lmagani tufayli, salbiy fikmi yuzaga keltiradi.