Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə131/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179
3-176 Moliya bozori

166




  • qimmatli qog'ozlar emissiyasini davlat ro'yxatidan o'tkaz- masdan, axborotni oshkor qilmasdan amalga oshirish;

  • davlat organining qimmatli qog'ozlar emissiyasini bekor qilish to'g'risidagi qarori;

  • davlat organining majburiy sanatsiya va bankrotlik to'g'risidagi qarori;

  • ustav faoliyatining qayta tashkil etilishi va o‘zgarishi hollarida;

  • faoliyatni to'xtatganlik yoki o‘z operatsiyalarining katta qismini qisqartirganlik hollarida;

  • listing korxonasining listing talablariga mos kelmasligi;

  • aktivlami va operatsiyalar ko'lamini katta hajmda qisqartirish;

  • birja bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlarining muntazam buzilishi;

  • birja qoidalariga va me’yorlariga rioya qilmaslik;

  • korxonaning asosiy faoliyati uchun berilgan litsenziyalardan birortasining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas, deb tan olinishi, asosiy faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirish;

  • muhim maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanish va h.k.

Listing arafasida turgan korxonalar qimmatli qog‘ozlarining delistingi doimiy yoki mutlaq bo'lishi mumkin. Doimiy delisting borida emitentning qimmatli qog‘ozlari listingdan tashqari kor­xonalar toifasiga o'tkaziladi. Listing arafasida turgan korxonaning mutlaq delistingi holatida esa, uning qimmatli qog‘ozlari birja rasmiy ro'yxatidan o'chirilishi lozim.
Listingga kiritgan korxona qimmatli qog‘ozlarning delistingi faqat mutlaq bo'lishi mumkin va ushbu holatda emitentning qimmatli qog'ozlari birja rasmiy ro‘yxatidan o'chirilishi kerak.
9.6. Qimmatli qog'ozlaming kotirovka mexanizmi
Ekspert-kotirovka komissiyasi ishining muhim qismi qimmatli qog'ozlar narxini kotirovkalash sanaladi. Fond birjasida kotirov- kalash — bu birjada tuzilgan bitimlar, shuningdek, bozor konyunk- turasini tavsiflovchi boshqa bozor axborotining (talab va taklifning o'zaro nisbati) narxini aniqlash va belgilashdir. Kotirovka birja kunining natijalari bo'yicha hamda savdo jarayonida (joriy yoki oraliq kotirovka) amalga oshirilishi mumkin. Bu birja savdolarining tezligiga, qimmatli qog'ozlar aylanmasining hajmiga bog'liq.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin