qog'ozlar bozori to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlariga, birja qoidalariga rioya qilishi, birja bilan xizmatlar ko'rsatilishi uchun shartnoma tuzishi, tuzilgan bitimlar bo'yicha vositachilik yig'imlarini biijaga o'z vaqtida o'tkazishi shart. Ijara haqining miqdori tomonlar o'rtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi. U qat’iy o'zgarmas miqdorda (masalan, oyiga 5 ming so‘m), yoki nisbiy miqdorda har bir tuzilayotgan bitim summasiga nisbatan foiz hisobida (masalan, har bir bitim bo'yicha vositachilik yig'imi summasining 7 foizi), yoxud ikkala usulning uyg'unligida belgilanishi mumkin. Bunda muntazam a’zolik badallarini to'lash ijarachi zimmasiga yuklatiladi. Ijara shartnomasi birja tomonidan ro'yxatga olinadi. Fond birjasi a’zolariga savdolarga ruxsat berish faqat ularda qiminatli qog'ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun litsenziya mavjud bo'lib, ular investitsiya muassasasi maqomiga ega bo'lgan, shuningdek, brokerlik idorasi biijada ro'yxatga olingan hollarda amalga oshiriladi. Biijada brokerlik joyini sotib olgan va qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalami amalga oshirish huquqini beruvchi malaka shahodatnomasiga ega bo'lgan jismoniy shaxs faqat u joylardagi davlat boshqaruvi idorasida ro'yxatga olinganidan hamda bankda hisob-kitob raqami ochilganidan keyin savdolarga qo'yilishi mumkin. Bunda biija a’zolari bo'lgan yuridik shaxslaming ishonch qog'ozi va biija malaka komissiyasining ruxsatnomasini olgan brokerlar biija savdolarida bitimlar tuzish huquqiga ega bo'ladi. Biija a’zosi bo'lgan jismoniy shaxs, agar u mustaqil ravishda faoliyat ko'rsatsa, brokerlik idorasini ro'yxatdan o'tkazish uchun Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalami amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va malaka shahodatnomasiga, biija malaka komissiyasining ruxsatnomasiga ega bo'lishi kerak. Rasmiy dileriar (market-meykerlar) Biija listingiga kiruvchi qimmatli qog'ozlaming doimiy kotirov- kasini va ulaming fond biijasidagi likvidligini ta’minlash uchun market-meykerlar tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Rasmiy diierlar birja tomonidan qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari safidan tayinlanadi. Rasmiy diler maqomini olish uchun investitsiya muassasasi muayyan talablarga javob berishi,