Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə123/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179
3-176 Moliya bozori

157


10 kunlik muddatda ko'rib chiqadi. Boshqaruv ijobiy qaror qabul qilgan hollarda biija va xaridor o'rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlaming huquq va majburiyatlari, bitimning ay rim boshqa shartlari kelishib olinadi. Brokerlik joyi uni xarid qilish vaqtida boshqaruv tomonidan belgilangan narxda sotib olinadi. «Toshkent» biijasining fond bo'limi va «Toshkent* RFBning vujudga kelishi davrida aksariyat ko'pchilik hoUarda brokerlik joylari bevosita biijadan sotib olindi.


Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish. Bunday holatda brokerlik joyini sotib olishni istovchi shaxs biija savdolariga ruxsat etilgan broker bilan brokerlik joyini biija savdolarida sotib olish to‘g‘risida topshiriq shartnomasini tuzadi. Broker tomonidan brokerlik joyini xarid qilish to‘g‘risidagi topshiriq bajarilganidan so‘ng xaridor brokerga (kelishuvlarga ko'ra) va fond biijasiga vositachilik haqini to'laydi. Brokerlik joylarini biija savdolari orqali sotish umumiy asoslarda «Toshkent» RFBda qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni bajarishning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Brokerlik joyini biija savdolari orqali sotishni xohlovchi shaxs fond birjasiga joyni savdoga qo'yish-haqidagi arizani, uning narxi to‘liq to'langanligini tasdiqlovchi hujjat (brokerlik joyiga sertifikat), mazkur joy zamirida garov majburiyatlarining yo'qligi haqida kafolatnomani taqdim etishi, shuningdek, fond biijasini o'zining oldidagi biron-bir bajarilmagan majburiyatlar (bajarilgan bitimlar bo'yicha vositachilik haqlari, jarimalar, penyalar va h.k.) yo'qligini tasdiqlashi zarur. Ushbu vaziyatda brokerlik joyining narxi sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi. Brokerlik joyining narxiga qo'shimcha qiymat solig‘i ham qo‘shiladi.
Brokerlik Joyini birja savdolarisiz xarid qilish. Agar sotuvchi va xaridor bir-birini mustaqil ravishda topsa, oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirish uchun brokerlik joyining biija savdolariga qo'yilishi talab etilmaydi. Ular o'rtasida birja tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakl bo'yicha brokerlik joyini oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma ro'yxatga olish va brokerlik joyini qayta rasmiylashtirish uchun biijaga topshiriladi. Bunda biijaga shartnomani birjada ro'yxatga olish vaqtida biijaning boshqaruvi tomonidan belgilangan brokerlik joyi qiymatining o'rnatilgan miqdorida ro'yxatga olish yig'imi to'lanadi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin