Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə102/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179
3-176 Moliya bozori

133




miqdordagi aksiyalami oldi-sotdi shartnomasiga asosan so'mlarga sotish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank vositachilar - brokeriik firmalari bilan maxsus vositachilik va topshiriq shartnomalari tuzib, ularning xizmatidan foydalanishi mumkin. Sotilgan aksiyalaming soni chiqarilishi mo'ljallangan va ro'yxatga olish hujjatlarida ko'rsatilgan aksiyalar sonidan oshmasligi shart.

  1. Qimmatli qog'ozlarni chiqarish yakunlarini ro“yxatdan о ‘tkazish. Bu jarayon qimmatli qog‘ozlami sotish tugallanganidan keyin amalga oshiriladi. Bank sotuv natijalarini tahlil qiladi va qimmatli qog‘ozlami chiqarish yakunlari to'g'risida hisobot tuzadi, bu hisobot rahbariyat tomonidan imzolanib, bank muhri bilan mustahkamlanadi (tasdiqlanadi) va ro‘yxatga oluvchi organga taq- dim etiladi. Ushbu organ qimmatli qog‘ozlami chiqarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni ko'rib chiqishi lozim, agar bu organning e’tirozlari bo'lmasa, hisobot va yakunni ro'yxatga qayd etadi. Bordi-yu, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bankka hisobotni ro'yxatga olishni rad etsa, u emitentga bu haqda xat orqali ma’lum qilishi lozim. Xatda rad etishning sabablari (masalan, qimmatli qog'ozlami chiqarish jarayonida amaldagi qonunchilik, bank qoidalari, yo'riq- nomalari buzilgani, hisobot o'z vaqtida taqdim etilmagani) aniq ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

  2. Qimmatli qog'ozlami chiqarish yakunlarini chop etish. Ulami chiqarish to'g'risidagi xabar chop etilgan matbuot organida amalga oshirilishi lozim.

Bank investitsiyalariga, qoida bo'yicha, foyda olish maqsadida bir yildan ortiq, yilda to'lash sharti bilan qimmatli qog'ozlarga mablag'lami qo'yilma qilish kiradi. Agar bank turli emitentlar qim­matli qog'ozlaridan bir necha turini sotib olsa, ya’ni uning qo'yil- malari diversifikatsiyalangan bo'ladi va bunda mazkur bank investitsiyalar portfeli haqida gapirish mumkin bo'ladi. U portfel tarkibini rejalashtirish, tahlil qilish va tartibga solib turish, portfel oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun uni shakllantirish hamda quwatlab turish, uning likvidligi zarur darajada bo'lishini saqlab turish va u bilan bog'liq xarajatlami kamaytirishni o'z ichiga oladi. Investitsiya siyosatini ishlab chiqish va investitsiya portfeli tuzilmasini aniqlash yilida banklar, awalambor, likvidlik, daro- madlilik va xatarga e’tibor beradi. Banklaming qimmatli qog'ozlarga



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin