Ko'pgina hollarda ayni shu banklar fond bitjalari a’zolarining umumiy tarkibini shakllantiradi.
Ko'pgina banklar o'zlarining tadqiqot bo'limlariga ega, ular mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qiladi, biija va biijadan tashqari bozorlar konyunk- turasini tadqiq etadi. Bunda iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotlardan keng miqyosda foydalanadi. Ushbu tadqiqotlar asosida investitsion taktik va strategik maslahatlarga muhtoj bo'lgan ko‘p sonli mijozlarning konsaltingi amalga oshiriladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlari portfelini boshqarish bo'yicha banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning xohishi bo'yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli qog'ozlarga qo'yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir yilning o‘zida bir necha banklarga bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa, mablag'lari eng ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish yilida ulami saqlash va ularga bo'lgan huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular bevosita banklarda (odatda, yerosti xonalarda, mijozlarning boyliklari saqlanadigan maxsus seyflar turadigan omborlarda) joylashgan. Bank depo- zitariylari qimmatli qog‘ozlami naqd va naqd bo'lmagan shakllarda, kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar uchun hisob- kitoblar bo'yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vazifasini bajarishi ham mumkin. Banklar tomonidan investitsiya muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi, ular orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo'nalishlar bo'yicha ish olib boriladi. ‘ Rossiya Federatsiyasida banklar qimmatli qog'ozlar bilan o‘z operatsiyalarini amalga oshirishi qisman cheklab qo'yilgan. Masa- Ian, Rossiya banklari xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini sotib oluvchi sifatida qatnashish huquqiga ega emas, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarida o‘z sof aktivlarining 5 foizdan ortig'ini qo‘ya olmaydilar, o‘z mulkida biror aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 10 foizdan ortiq qismiga ega bo'lishi mumkin emas.
129
O'zbekistonda fond bozori yaratila boshlanishi bilan fond bozori- ning aralash «yevropacha» model! mavjud bo'lib, bunda banklar ham, nobank tashkilotlar — investitsiyar muassasalari ham teng huquqlarda ishlashi mumkin. Banklar amalda investitsiya muassasala- rining qimmatli qog'ozlar bozorida amalga oshiradigan faoliyatining qonunchilikda belgilangan ma’lum bir turini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lishi kerak. Litsenziyalash qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish uchun mas’ul bo'lgan organ tomo- nidan amalga oshiriladi. Katta miqdordagi pul resurslariga ega bo'lib, o'z muassasalari orqali sanoat kompaniyalariga kirib borar ekan, aynan banklar o'zlarining bank kapitalini sanoat kapitali bilan qo'shish tashab- buskori - moliyaviy kapital deb ataluvchi kapitalning yaratuvchilari bo'ldi. Banklar — o'ziga xos noyob muassasalar bo'lib, amalda fond bozorining barcha vositalari, aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, depozit va depozit (omonat, jamg'arma) sertifikat- lari, veksellar bilan ishlashni o'zlashtirib olib, bugungi kunda ular qimmatli qog'ozlar bozorida emitentlar, sarmoyadorlar va investitsiya muassasalari sifatida chiqmoqda. Demak, bundan keyin ham respublika qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishi bilan banklaming bu sohadagi mavqei tobora kuchayib boraveradi. Tijorat banklarining mamlakat qimmatli qog'ozlar bozoritiing shakllanishiga ortib borayotgan e’tibori, milliy iqtisodiyotning investitsiyalarga bo'lgan tobora o'sib boruvchi ehtiyojlari bilan uzviy bog'liqdir, chunki ularsiz ijtimoiy ishlab chiqarishni chuqur qayta qurish, eksport salohiyatini o'stirish va aholining turmush darajasini oshirish mumkin emas. Banklaming qimmatli qog'ozlar bozorida faollashuvining mu- him omili - ulaming ustav va aylanma fondlariga o'z qimmatli qog'ozlar! emissiyasi asosida qo'shimcha resurslami jalb etishda ehtiyojning kuchayib borayotganidir. Nihoyat, banklar uchun qimmatli qog'ozlaming samarali to'lov vositasi — garov sifatidagi roli tobora o'sib borayotgan! katta ahamiyatga ega bo'lib, bu - o'tish davrida, ayniqsa, dolzarbdir. Qimmatli qog'ozlar bozorida banklaming faollashuviga sabab bo'lgan eng muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin: