Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə94/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179
3-176 Moliya bozori

123




reyestrida u yopilgunga qadar yozib qo'yilgan investorlar dividend olish huquqiga ega. Aksiyadorlar reyestri aksiyadorlaming yig'ilishi rasmiy ravishda e’lon qilingan sanadan 30 kun awal yopiladi.
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang1 ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalaming to'la summasi bo'yicha, aksiyalaming davlatga tegishli, haqi to'lanishi to'g'risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Emitent aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi belgilagan muddat- larda dividendlami o'z aybi bilan to'lamagan taqdirda to'lanmagan va to'liq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari bo'yicha penya yoziladi. Aksiyadorlik jamiyati e’lon qilgan dividendlami to'lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda to'lovga qobiliyat- sizlikni bartaraf etish yoki bankrot bo'lgan deb e’lon qilish tadbiri qo'llaniladi.
Jamiyat:

  • jamiyat ustav fondining hammasi to'lab bo'linguncha;

  • agar dividendlar to'lanadigan paytda Jamiyatda to'lovga qobiliyat- sizlik (bankrotlik) belgilari bo‘Isa yoki dividendlar to'lash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo bo'lsa;

  • jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo'lsa, aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash (e’lon qilish) to'g'risida qaror qabul qilishga haqli emas.

Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlami inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati to'lanadigan dividendlar miqdori to'g'risidagi ma’lumotlami divi­dendlar to'lanadigan sanadan 31 kalendar kun oldin ommaviy axbo- rot vositalarida e’lon qiladi. Agar mijozning topshirig'iga binoan, aksiyalar investitsiya instituti tomonidan boshqarilayotgan bo'lsa, aksiyalami saqlovchiga dividendlar investitsiya instituti haqini che- girib tashlagan holda to'lanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shart- nomada belgilab qo'yiladi.
Dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortiladi. Davlat qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishni rag'batlantirish maqsa- dida dividendlardan soliq olishda vaqtinchalik imtiyozlar belgilashi mumkin.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin