Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə79/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
3-176 Moliya bozori

10'shQ joyda, 45-bet.


106




raqamlarida to'plandi. Aksiyalarning davlat ulushi bo'yicha dividendlar xususiylashtirilgan korxonaning to'liq ixtiyorida qol- dirildi va ulaming ishlab chiqarishini yangilash hamda texnik jihat- dan qayta jihozlanishiga yo‘naltirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amal- dagi qonun hujjatlari hamda dasturlarga muvofiq, shuningdek, hukumat qarorlari asosida amalga oshirilmoqda. Mulkni davlat tasar­rufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturidan tashqari, mehnat jamoalari a’zolari, nodavlat yuridik hamda jismoniy shaxslaming buyurtmalari asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, fuqarolar, 0‘zbekistonning nodavlat yuridik shaxslari, boshqa davlatlaming yuridik shaxslari, mehnat jamoalari hamda Davlat mulki qo'mitasi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish tashabbusi bilan qatnashish huquqiga ega. Bunda Davlat mulki qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari davlat korxonalarini qayta tashkil etish natijasida barpo etiladigan aksiya- dorlik jamiyatlarining muassislari sifatida ishtirok etadi.
Davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa nodavlat shakllariga aylantirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning quyidagi asosiy tamoyillarini o‘z ichiga olgan tarmoq dasturlari yoki hukumat qarorlari asosida amalga oshirildi:

  • mehnat jamoasi a’zolarining manfaatlarini inobatga olgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning shakl- larini belgilash;

  • monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qilish;

  • davlat mulkini pulga va bepul berish harakatlarini uyg'unlash- tirib olib borish;

  • sotilishi va bepul xususiylashtirilishi lozim bo'lgan mol-mulk ulushiga ega bo'lish uchun barcha fuqarolaming teng huquqlari;

  • barcha fuqarolaming ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash, oshkoralik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbir- larining amalga oshirilishi ustidan davlat hamda jamiyat nazorati.

0‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • davlat korxonasini xo'jalik jamiyat iga yoki shirkatiga aylantirish;

  • davlat mulki obyektlari va (yoki) davlatga tegishli aksiyalar, ulushlar va mulkiy paylami nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga biijalar va biijadan tashqari savdotarda qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda sotish.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin