Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə76/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179
3-176 Moliya bozori

TAYANCH SO'Z VA IBORALAR
Emitent; investor; transparentlik; strategik-portfel investori; spekulativ- portfel investori.


NAZORAT SAVOLLARI •

  1. Investorlar kimlar va ular qaysi bclgilar bo'yicha tasniflanadi?

  2. Investorlaming qanday siyosat yo'nalishlarini bilasiz?

  3. Emitentlaming faollik darajasi nima?

  4. Strategik-portfel investorlaming qanday xususiyatlarini bilasiz?

  5. Spekulativ-portfel investorlaming qanday xususiyatlarini bilasiz?

  6. Emitentlar kimlar va ular qaysi belgilar bo'yicha tasniflanadi?

  1. Emitentlaming qanday siyosat yo'nalishlarini bilasiz?

  2. Emitentlarga qanday talablar qo'yiladi?

  3. Emitentlaming transparentlik darajasi nima?

  4. Emitentlaming investorlar oldida javobgarligi nimalardan iborat?

f TOPSHIR1QLAR


  1. Investorlaming moliya bozoridagi rolini tahlil qiling.

  2. Terminlar lug'atini tuzing.

  3. Emitent va investorlaming o'zaro bog'liqligidagi faoliyatini, moliya bozo­ridagi ahamiyatini tahlil qiling.

  4. Emitentlaming moliya bozoridagi rolini tahlil qiling.


102


7-bob. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA


AKSIYADORLIK JAM IYAT LARI NING VAZIFALARI



    1. Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkiliy tuzilishi

Xususiylashtirish — bu davlat mulki bo'lgan obyektlarni yoki aksiyalami jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan sotib olinishidir.
Xususiylashtirish jamiyatni har tomonlama sog'lomlashtirish maqsadida ilg'or siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlami amalga oshirayotgan mamlakatlarga xos bo'lgan zarur jarayon hisoblanadi. O'zbekistonda xususiylashtirishga 1991-yil noyabrda, ya’ni O'zbe- kiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­lashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan vaqtdan boshlab kirishildi. Davlat korxonalari xususiy korxonalarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, ijara korxonalariga va aksiyadorlik jamiyat- lariga aylantirila boshlandi. Bunda dastlab ushbu jarayon qimmatli qog'ozlar bozoriga qandaydir jiddiy ta’sir ko'rsata olmadi, chunki aksiyadorlik jamiyatlaridan boshqa endigina tashkil etilgan yangi mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqa­rish va sotishni amalga oshirmas edi. Aksiyadorlik jamiyatlari esa yopiq turda tashkil etilib, ulaming aksiyalari quyidagi ulushlarda taqsimlandi: 51 foizi — davlatga va 49 foizi — mehnat jamoasi a’zo- lariga. Agar mehnat jamoasining a’zosi o‘z aksiyasini sotishni xoh- lasa, u buning uchun bir yilda bir marta chaqiriladigan aksiya- dorlar umumiy yig'ilishining ruxsatini olishi lozim edi. Shunday qilib, aksiyalami tashqi sarmoyadorlarga sotish va bu bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi bitimini amalga oshirish imkoniyati deyarli yo'qqa chiqarilgan edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil yanvar va martdagi Farmonlari qabul qilinishi bilan davlat korxonalari negi- zida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, ilgari barpo etilgan yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, bir vaqtning o'zida davlatga tegishli bo'lgan aksiyalar ulushini qisqartirish, fond bozorini tashkil


103




etish va unda xususiylashtirilayotgan-korxonalar aksiyalarini joylashtirish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish yo'li bilan aholini iqtisodiy islohotlar jarayoniga keng jalb etish hamda aholi tomonidan o‘z mablag'larining aksiyalarga samarasiz qo'yilishi tufayli sodir bo'ladigan yo'qotishlar xatarini kamaytirish maqsadida investitsiya fondlari tizimini yaratish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida tan olindi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida barpo etilgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda quyidagi aksiyalar paketlarini shakllantirish nazarda tutildi: davlat, mehnat jamoasi, xorijiy hamkor, fond birjalari va qimmatli qog'ozlaming boshqa bozorlarida erkin sotilishga mo'ljal- langan aksiyalar paketlari.
Aynan 1994-yilning bahoridan boshlab, 0‘zbekistonda davlat mulkchiligi shaklidagi korxonalaming butun majmualari va guruh- larini qisqa muddatlarda aksiyalashtirishni nazarda tutuvchi keng ko'lamli xususiylashtirish jarayoni boshlandi.
Keng ko'lamdagi xususiylashtirish dasturining maqsadi quyida- gilardan iborat bo‘ldi: jamiyatni iqtisodiy isloh qilish jarayoniga aholining keng qatlamini jalb etishga yo'naltirilgan siyosiy maq- sadlar; aksiyalar paketlarini sarmoyadorlar turli toifalarining ma’- lum gurahlari o'rtasida joylashtirish yo'li bilan mol-mulkni adolatli taqsimlash usullarini qidirishdan iborat bo'lgan ijtimoiy maqsadlar; bozo mi va iqtisodiyotdagi raqobatni rivojlantirish maqsadida katta miqdordagi korxonalaming jadal sur’atlarda xususiylashtirilishini ta’minlovchi iqtisodiy maqsadlar.
0‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Dastawal u o'zining bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani bilan ajralib turadi.
Birinchi bosqich (1992—1993-yy.).
Bu bosqich uy-joylaming xususiylashtirilishi, yer uchastkalarining qishloq aholisiga yordam- chi xo'jalik yuritish uchun shaxsiy tomorqa qilib berilishi bilan tavsiflanadi (bu «kichik» xususiylashtirish deb nomlanadi). «Kichik» xususiylashtirish davrida «Mahalliy sanoat», «0‘zmaishiyuyushma» (maishiy xizmatlarko'rsatish), «O'zbeksavdo» kabi sohalaming kichik va o‘rta obyektlari mehnat jamoalariga imtiyozlarberilgan holda jamoa korxonalariga hamda yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi.
Ikkinchi bosqich (1994—1998-yy.). Mazkur bosqichda xususiy­lashtirish jarayoniga minglab o'rta va yirik korxonalar jalb etildi, bunda xususiylashtirish davlat korxonalarini ochiq turdagi aksiya-



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin