Deponent qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Deponent quyidagi majburiyatlami bajaradi:
o'z vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o'zgarti- rilganligi to'g'risida depozitariyga xabar qilishi;
o'z rekvizitlaridagi barcha o'zgarishlar haqida depozitariyga bildirishi;
depozitariyning yozma xabarlari to'g'riligini va to'liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida depozitariyga o'z vaqtida bildirishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq, deponentning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Hisob-kitob-kliring palatasi 0‘zaro majburiyatlami (qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar bo'yicha axborotni to'plash, solishtirish, tuzatish va ularga doir buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qog'ozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar bo'yicha o'zaro majburiyatlami hisobga olish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisob-kitob-kliring palatasidir. Hisob-kitob-kliring palatalari o'zaro majburiyatlami aniqlash chog'ida tayyorlangan qimmatli qog'ozlar, pul mablag'lari va buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qog'ozlar bozorining qaysi ishtirokchilari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan bo'lsa, shu ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ijro etish uchun qabul qiladi. Hisob-kitob-kliring tashkilotlari qimmatli qog'ozlar bilan bitimlar bo'yicha o'zaro hisob-kitoblarning o'z yilida va to'liq o'tka- zilishini ta’minlash, ularning oborotini tezlashtirish, bitimlar tuzishda to'lovlaming kechiktirilishi hamda to'lanmaslikning oldini olish, tuzilgan bitimlarning natijalarini tezkorlik bilan umumlash- tirish va qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarini fond bozori konyunkturasining joriy ahvoli haqida xabardor qilib turish maq- sadida tashkil etiladi.