laming hisobini yuritadi. 0‘zining asosiy faoliyatidan tashqari, depozitariylar qimmatli qog'ozlarning nominal egasi vazifasini bajarishadi (ya’ni, depozitariy qimmatli qog'ozlar egasining topshi- rig'i asosida qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrida ularning nominal egasi sifatida ro'yxatga olinishi mumkin). Qimmatli qog'ozlar egalari reyestri — ro'yxatdan o'tkazilgan qimmatli qog'ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qog'ozlarning nomi, miqdori, nominal qiymati va toifasi, shuningdek, reyestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko'rsatilgan ro'yxati. Qimmatli qog'ozlami nominal saqlovchi — qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan, qimmatli qog'oz- laming egasi bo'lmagan holda boshqa shaxsning (qimmatli qog'ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning) topshirig'iga binoan qimmatli qog'ozlami saqlash, hisobga olish va ularga bo'lgan huquqlami tasdiqlashni amalga oshiruvchi depozitariy. Depozitariylar
manfaatdor shaxslaming qimmatli qog'ozlami depozitariyda saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqishlari imkoniyatini ta’minlashi;
saqlash uchun qabul qilib olingan qimmatli qog'ozlarning but saqlanishini ta’minlashi;
har bir deponentga tegishli qimmatli qog'ozlarning soni va nominal qiymatini hisobga olib borishi;
qimmatli qog'ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek, ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
depo hisobvaraqlari holatiga o'zgartishlar kiritishga asos bo'luv- chi birlamchi hujjatlami va depozitar operatsiyalar bo'yicha hujjat- lami o'z arxivida saqlashi;
depo hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalami deponentlaming yoki ular vakolat bergan shaxslaming yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; .
85
deponentning qimmatli qog'ozlargaJxi'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvarag'idan tegishli ko'chirma berish orqali tasdiqlashi;
depo hisobvaraqlari bo'yicha emissiyaviy qimmatli qog'ozlar- ning mavjudligi va harakati, ulaming holati to'g'risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depo hisobvarag‘i bo'yicha operatsiyalarni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat organi, shuningdek, sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida tugatishi;
o'z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlami qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek, sudning, surishtiruv va tergov organlarining talablariga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
o'zi yetkazgan zararlaming o'mini sug'urta qilish, maxsus fondlar tashkil etish orqali yoki qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa usul bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi shart.
Qimmatli qog'ozlami nominal saqlovchi vazifasini bajarayot- ganda depozitariy nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bir qatorda:
qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining talabiga binoan, qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun qimmatli qog'ozlaming egalari to'g'risidagi zarur ma’lumotlami taqdim etishi;
o'zida hisobga olib boriladigan qimmatli qog'ozlar va ular emitentlarining rekvizitlariga Qimmatli qog'ozlar markaziy depo- zitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o'zgartishlar kiritishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq, depozitariylaming zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Depozjtariylar quyidagilarga haqli emas:
o'ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog'ozlardan foydalanishga;
o'zi emissiya qilgan qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlar hisobini yuritishga;