Investitsiya fondlari moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keluvchi tasodifiy yo'qotishlaming oldini olish maqsadida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining faoliyatida muayyan cheklovlar belgilanadi. Xususan, ularga quyidagilar taqiq- lanadi:
maxsus davlat kreditlaridan tashqari, investitsiya portfelini tashkil qiluvchi fond aktivlari hisobidan qaytarilishi lozim bo'lgan qarz mablag'larini jalb etish;
investitsiya portfelini tashkil qiluvchi fond aktivlaridan fond akt ivlarini boshqarish bilan bog'liq bo'lmagan o'z majburiyatlarini ta’minlash va ijro etish, uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarish uchun foydalanish;
o'zi boshqarayotgan investitsiya fondlarining aksiyalarini xarid qilish;
fondning investitsiya portfelini tashkil qiluvchi aktivlami sotib olish;
boshqa investitsiya kompaniyasi, lining affilatsiyalangan shaxslari, ixtisoslashtirilgan depozitariy, fondning mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlami xarid qilish;
fondning mol-mulkini boshqaruvehi kompaniyaning o*zi yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish bo'yicha bitimlarni bevosita yoki uchinchi shaxslar orqali tuzish.
Depozitariylar Qimmatli qog‘ozlami saqlash, ularga bo‘lgan huquqlami hisobga olish va tasdiqlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs depozitariydir. O'zbekiston Respublikasi hududidagi depozitariylar tizimi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysini va Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida vakillik hisobvaraqlarini ochgan depozitariylami o'z icliiga oladi. Depozitariylar tizimida qimmatli qog'ozlar harakati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiq- lanadigan depozitar operatsiyalar standarilariga muvofiq amalga oshiriladi.