Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə46/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
3-176 Moliya bozori

64




tasdiqlovchi hujjat. Shunday qilib, varrantlami chiqarish bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog'ozlarni chiqarish bilan bog'lanadi. Varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlaming bir nashri faqat varrantning bitta nashriga huquq beradi.
Varrantlar muomalaga chiqarilgan va uchinchi shaxslaming qo'lida bo‘lgan yoki emitentning o‘zi tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bo'yicha chiqarilishi mumkin emas. Bazis aktivining bahosi qimmatli qog'ozlar nominalidan past bo'lgan varrantlarning gemissiyasi taqiqlanadi (obligatsiyalar bundan mustasno).
Varrantning majburiy rekvizitlari:

  • qimmatli qog'ozning nomi;

  • davlat ro'yxatiga olingan sana va raqam;

  • varrantni ro'yxatdan chiqarish sanasi;

  • varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari;

  • emitentining bazis aktivini sotish majburiyati;

  • varrantning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi;

  • bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati;

  • varrant xaridorining nomi (egasining nomi yoziladigan varrantlar uchun);

  • varrant emitentining imzosi va muhri.

Varrant emitentlari varrantlarning dastlabki egalariga ulami xarid qilish uchun teng narx shartlarini ta’minlashi kerak. Varrantlar egalari uchun qimmatli qog'ozlarni joylashtirish narxi ushbu qimmatli qog'ozlarni varrantlar egasi bo'lmagan sarmoyador tomonidan joylashtirilishi narxidan farq qilishi mumkin. Varrantlar bilan operatsiyalar qimmatli qog'ozlaming birja va birjadan tashqari bozorlarida bajarilishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlarga doirfyuchers (futures)
— o'zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlami qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz.
Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog‘oz- larga ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin.


65


Fyucherslaming asosiy belgisi — narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir. Fyucherslar shartnoma bo'yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo'ldan boshqa qo'lga zudlik bilan o'tkazilishini nazarda tutmaydi. Fyucherslar yordamida qonun bilan kafolatlangan majburiyat sotib olinadi, bu bitim sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Fyucheisning o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mazkur qimmatliklar (sotuv- chilarda yoki umuman) ayni yilda bormi yoki yo‘qmi, undan qat’i nazar, sotilishi mumkin.


Fyucherslaming opsionlar bilan o'xshash tomoni shundaki, ularning ikkalasi ham fond boyliklarini kelajakda sotib olish imko- nini beradi. Farqlarga kelsak, ular quyidagilardan iborat:

  • fyucherslar oldi-sotdi hujjati sanalmaydi;

  • fyuchers fond boyliklarini yetkazib berish qat’iy majbu- riyatidir;

  • fyuchers belgilangan muddat tugashi bilan majburiy hisob- kitobni talab qiladi;

  • fyuchers bo'yicha xatar, opsionnikiga qaraganda ancha yuqori, chunki fyuchers xaridori opsion xaridoridan farqli o‘laroq, opsion bo‘yicha yo‘qotilgan mukofotga qaraganda, ancha katta summani yo'qotishi mumkin.

Fyuchers shartnomasining shartlari andozalidir. Fyuchers shartnomasining narxi birja kimoshdi savdolarida talab va taklif muvozanatining natijasi sifatida belgilanadi. Fyuchers bitimlari bo'yicha hisob-kitoblar, odatda, fyuchers bilan savdo qiluvchilar (sotuvchilar va xaridorlar)ning hisob raqamlari ochilgan birjalaming kliring palatalari orqali amalga oshiriladi.
Hosila qimmatli qog'ozlaming ushbu turi bilan savdo-sotiq qilish o'zining xususiyatlariga ega. Aksiyalar bilan fyuchers bitimlari fond biijalarida, obligatsiyalar bilan fyuchers operatsiyalari esa, tovar biijalarida amalga oshiriladi. Aksiyalaming muayyan muddatda narx pasayishiga o‘yini chog'ida sotilishi aksiyalar bilan tuziladigan eng keng tarqalgan muddatli bitim hisoblanadi. Odatda, bunday holatda qimmatli qog‘ozlar qoplashsiz sotiladi, ya’ni sotuvchining


66


qo'lida bo'lmagan qimmatli qog'ozlarni sotish uchun shartnoma tuziladi.


Qimmatli qog'ozlarni bunday shartnoma bo'yicha yetkazib berish uchun sarmoyador o'zining brokeridan unga, masalan, mazkur operatsiya bo'yicha yetkazib berishni mo'ljallagan aksiyalar paketi qiymatining faqat 60 foizini bergan holda yetkazib berilishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlarni qarzga oladi. So'ngra broker o'zidagi mavjud bo'lgan xuddi shunaqa aksiyalami sarmoyadorga o'tkazadi yoki unga chetdan sotib olingan xuddi shunday aksiyalami topshiradi. Bunda broker tomonidan beriladigan kreditning miqdori ushbu mamlakatda qimmatli qog'ozlar bozorini nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
Mazkur qimmatli qog'ozlar kontragentga yetkazib berilganidan keyin sarmoyador brokerga aksiyalaming xuddi shunday to'plamini yetkazib berishi lozim bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, bitim bo'yicha o'zining majburiyatlarini bajarish uchun sarmoyador aksiyalar mazkur paketini kelajakdagi ma’lum sanada sotib olishi kerak bo'ladi.
Ushbu holatda sarmoyador, ta’kidlab o'tilganidek, kursning pasayishiga umid qiladi, bu uni mazkur qimmatli qog'ozlarni yanada past narxda xarid qilish va brokerga o'tkazishning bosh­lang'ich narxida yetkazib berish imkonini beradi.
O'zbekistonning qonun hujjatlariga ko'n, fyuchers — bu ma’lum qimmatli qog'ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma’lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so'zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog'oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog'oz bo'lgan fyucherslarni chiqarishga yo'l qo'yilmaydi. Fyucherslar fyuchers emitentining o'zi tomonidan yoki uchinchi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni xarid qilish yoki sotish majbu- riyatini tasdiqlaydi. Fyucherslar o'z huquqini amalga oshirishdan bosh tortishni nazarda tutuvchi opsionlardan yoki varrantlardan farqli ravishda, ijro etish uchun majburiydir. Fyuchers egasi yo qimmatli qog'ozlarni yetl^azib berishi yoki uni keyingi muomalada bo'lishi uchun kontragentga sotishi lozim.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin